Jamiyat

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 iyul 2023, 12:38

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
20 iyul 2023, 12:17

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 11:59

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Shirin ko‘chasida uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizildi.

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi
20 iyul 2023, 10:13

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi

Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Toshkentda avtobus haydovchisi va uning akasi avtopark xodimi bilan mushtlashdi
19 iyul 2023, 22:43

Toshkentda avtobus haydovchisi va uning akasi avtopark xodimi bilan mushtlashdi

Dam olish kuni Toshkentdagi 4-sonli avtoparkka shortik va shippakda kelgan avtobus haydovchisi va korxona muhandisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Mojaroga keyinroq haydovchining yaqinlari va boshqalar ham qo‘shilgan. Haydovchi, uning fkasi va korxona muhandisi jarohatlangan.

19-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
19 iyul 2023, 22:00

19-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Soliqlardan qutulgan O‘FA, Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey, maktablar uchun yuqori internet tezligiga ega tariflar, yiliga faqat 1 marta qabul bo‘ladigan Xususiy OTMlar, O‘zbekistonning jahon pasportlari reytingidagi o‘rni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi
19 iyul 2023, 21:51

Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. U umrining so‘ngiga qadar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritdi. Aktyor “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi, ko‘plab videofilm, telepostanovka, tele va radiospektakllarda rollar ijro etgan.

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlik ishi bo‘yicha sudlanuvchilar soni ortishi mumkin
19 iyul 2023, 18:49

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlik ishi bo‘yicha sudlanuvchilar soni ortishi mumkin

Sud Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun sudlangan sobiq amaldorlarga qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokurorga qaytardi. Sudlanuvchilarga yangi ayblovlar qo‘yish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.

Grozniy: Checheniston yuragiga sayohat
19 iyul 2023, 18:00

Grozniy: Checheniston yuragiga sayohat

O‘zbek me’mori loyihalashtirgan Yevropadagi eng katta masjid, osmono‘par binolar, tarixga boy maskanlar, go‘zal ko‘chalar va ko‘rkam bog‘lar — “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Checheniston poytaxti Grozniyga sayohati davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida hikoya qiladi.

“Vaqf” fondi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qildi
19 iyul 2023, 17:50

“Vaqf” fondi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi so‘nggi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya sifatida sarfladi. Fond ushbu pullar qaysi yo‘nalishlarga yo‘naltirgani haqida ma’lumot berdi.

Pedagoglar malakasini oshirish instituti mansabdorlari katta miqdorda pul o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
19 iyul 2023, 17:09

Pedagoglar malakasini oshirish instituti mansabdorlari katta miqdorda pul o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida prorektorga aloqadorligi aytilgan firmaga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.

Xususiy OTMlarga yiliga faqat bir marta qabul talabi qo‘yildi. Bu qonunga zid
19 iyul 2023, 16:19

Xususiy OTMlarga yiliga faqat bir marta qabul talabi qo‘yildi. Bu qonunga zid

Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, nafaqat davlat, balki xususiy va xorijiy OTMlar ham bakalavriat va magistraturaga yiliga faqat bir marta qabul qila oladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda qabul tartibini xususiy OTMlarning o‘zi belgilashi ko‘rsatilgan. Ko‘p martalik qabul dunyo bo‘ylab keng tarqalgan.

O‘zbekiston maktablari uchun yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi
19 iyul 2023, 15:12

O‘zbekiston maktablari uchun yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan “New Education” tarif rejasi ishlab chiqiladi. Tarif bo‘yicha internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.

Alif Juma aksiyasinig tugashiga uch kun qoldi
19 iyul 2023, 15:00

Alif Juma aksiyasinig tugashiga uch kun qoldi

21-iyul kuni Alif kompaniyasi o‘tkazayotgan Alif Juma aksiyasi yakunlanadi. Aksiya davomida xaridlar uchun komissiya to‘lovi ikki baravar kamaytirilgani bilan birga onlayn buyurtmalarni yetkazib berish bepul.

Toshkentda ayrim ko‘chalarning bir qismi vaqtincha yopiladi
19 iyul 2023, 14:35

Toshkentda ayrim ko‘chalarning bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentning Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi. Bu vaqtda metroning yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi.

IBA rahbari Rufat Risqiyevni avtomashina bilan taqdirladi
19 iyul 2023, 14:12

IBA rahbari Rufat Risqiyevni avtomashina bilan taqdirladi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlev o‘zbekistonlik bokschi Rufat Risqiyevga Malibu-2 mashinasini topshirdi. Faxriy sportchi IBA prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlandi. Avvalroq unga tashkilot tomonidan umrbod 1000 dollarlik maosh tayinlangandi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyul kuni boshlanadi
19 iyul 2023, 13:01

Bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyul kuni boshlanadi

Jinoyat kodeksining firibgarlik, tovlamachilik va boshqa moddalari bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyulda bo‘lib o‘tadi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila sezildi
19 iyul 2023, 12:44

O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.

Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi
19 iyul 2023, 12:16

Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi

Buxoro shahridagi “Hovli poyon” uyida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etilmoqda. Bu uy O‘rta Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan.

Exadot biznes rivoji uchun mobil ilovalar yaratadi
19 iyul 2023, 11:00

Exadot biznes rivoji uchun mobil ilovalar yaratadi

Exadot kompaniyasi biznes turidan qat’iy nazar qamrov ko‘lamini kengaytirish uchun mobil ilovalar yaratadi. Hozirgacha kompaniya InMovie, Finance App, Benny Rideshare va boshqa ilovalarni ommaga taqdim etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting