Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.
Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.
Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.
O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi +8…+15, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tuman tushib, shamol kuchayishi, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharof Rashidov tumanida Lacetti transformatorga urilishi oqibatida mashina va transformator texnik shikastlandi, mahalla bir muddat elektr ta’minotisiz qoldi.
Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.
Chorshanba kuni ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiyasidan 18,7 baravar yuqori. Soat 4:00 da “O‘zgidromet” hududida bu ko‘rsatkich 87,5 mkg/m3 ni tashkil qildi.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.
Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. U 2017−2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.
1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga (G‘azalkentdan Yusufxonagacha) transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Ayni vaqtda tirbandliklar kuzatilmayapti.
Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
YouTube’ning o‘zbek segmenti uchun 2023-yil barakali keldi — videokontent yaratuvchilar soni ham, sifati ham sezilarli oshdi. Kontent ko‘paygach, tomoshabinda tanlov mashaqqati ham paydo bo‘ladi. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati shu mashaqqatni yumshatish uchun YouTube-kontent bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.
Bir yarim oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi, deb xabar qildi IIV.
Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.
“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi. Undan daraxtzor, archazor, to‘qayzor va tabiiy maskanlardan iborat 16 ta obyekt, 50 ta buloq, 14 ta ko‘l, 3 ta daryo, 10 ta sharshara, 4 ta soy, 10 ta g‘or, 5 ta dara, 10 ta tog‘, qoya va toshlar, 6 ta cho‘l, qumlik va barxanlar o‘rin oldi.
O‘zbekistonda Yangi yil bayrami va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etuvchi banklar ro‘yxati e’lon qilindi.
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi rekord darajaga — 10 millionni tashkil etdi. Yubiley yo‘lovchi Nukusdan Toshkentga kelgan Gulshad Najimatdinova bo‘ldi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting