Tovuq va ananasli salat, mol go‘shtidan Vellington, “Bayram” salat-torti, gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti, “Archa” sloykalari, zanjabilli pryanik va boshqalar — Zira.uz Yangi yil dasturxonini bezatish uchun tavsiyalar beradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 30-dekabrdan 2-yanvargacha bo‘lgan dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari 24 soat ishlashini ma’lum qildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-noyabrdagi sudda Faragentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyevning advokatlari yana ayrim shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilinishini iltimos qilgandi. Ish bo‘yicha 2023-yildagi so‘nggi — 1-dekabrda bo‘lgan sudda bu iltimoslar qanoatlantirildi. “Gazeta.uz” reportaji.
Soat 01:00 gacha ishlaydigan Toshkent jamoat transporti, yilda bir marta poyezdda bepul yuradigan keksalar, bayramni qorsiz kutib oladigan o‘zbekistonliklar, poytaxt havosini buzayotgan Ai-80 benzini va boshqalar — “Gazeta.uz”ning 2023-yil uchun so‘nggi kunlik dayjestida.
Poytaxtda avtobuslar ham 31-dekabr kuni metropoliten kabi (farqi — o‘sha kuni metrodan foydalanish bepul) soat 01:00 gacha ishlaydi. “Toshshahartransxizmat” bayram tadbirlari o‘tkaziladigan 18 ta manzilga olib boruvchi avtobus yo‘nalishlarini e’lon qildi.
2024-yilning birinchi choragida PHEV plaginli gibrid elektromobilini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Modellar mintaqada barqaror energiya samaradorligini ta’minlashga va’da beradi.
Salkam 140 yil avval, 1885-yilning dekabrida aka-uka Lyumerlar tarixda ilk bor katta ekranda film namoyishini uyushtirgandi. Ham shu tarixiy voqea munosabati bilan, ham bayram dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun “Gazeta.uz”ning o‘zbek tahririyati jamoasi film tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.
O‘zgidromet 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar Toshkent va Namangan viloyatlarining bir qator hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Beshta kinopremyera, Yangi yil festivali va yarmarkalari, bayram konsertlari va spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va bolalar uchun mo‘ljallangan bir qancha yorqin tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Toshkent — Buxoro yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘l sozlovchini bosib ketdi. Voqea joyida halok bo‘lgan xodim sherigining ishoralari va poyezd signalini eshitmay qolgan.
O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev “Daryo”ga bergan intervyusida Toshkent shahri havosining ifloslanish sabablari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, sovuq havoda isitish tizimlari gazdan tashqari mazut va ko‘mir bilan ishlagan, gaz shoxobchalarining yopilishi esa Ai-80 benzini iste’molining oshishiga olib kelgan.
Yanvar oyida havo harorati me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1−1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet. Yil quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari qisqa davrga −10…−13 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. Yog‘ingarchilik ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘ladi.
Juma kunidan O‘zbekistonga sovuq hamda nam havo kirib keladi va harorat 0 darajagacha tushadi. Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi va O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi. 1-yanvarga kelib harorat +13 darajaga yetadi.
Prezident qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi. Reyestrdagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga hamroh shaxsga 1 yilda 1 marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar ajratiladi.
“O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyati xodimi 50 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U bir yonilg‘i quyish shoxobchasini qayta ochishga, boshqasiga esa litsenziya olishga yordam berishga va 2024-yilda tekshiruvlar haqida xabardor qilishga va’da bergan.
2023-yil Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi uchun samarali bo‘ldi. Asosiy harakatlar tizimni rivojlantirish va mobil ilovani takomillashtirishga qaratildi.
Qamashi tumanida Telegram messendjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan 21 yoshli fuqaro 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
O‘zbekistonda ilk bor parkinson kasalligiga chalingan keksa bemor jarrohlik yo‘li bilan davolandi. Operatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetining neyroxirurgiya kafedrasida turkiyalik neyroxirurgning mahorat darsi doirasida amalga oshirildi.
Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.
Toshkentda boshqaruv paytida sigaret chekkan 87-sonli avtobus haydovchisi ishdan olindi. “Toshshahartransxizmat”ning qayd etishicha, u korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting