Chery Uzbekistan brendi avtomobillarning barcha modellari narxini pasaytirish va transport xarajatlarini optimalashtirishni e’lon qildi.
Oqdaryo tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etdi. 17 kishi jarohatlandi.
Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 yo‘lovchi layneri bilan to‘qnashdi va samolyotning tumshuq qismiga shikast yetdi. Hodisaga avtobus haydovchisining aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Havo kemasiga ertasi kuni parvozlarga ruxsat berilgan.
Prezident vagonlar parkini yangilash, Toshkent metropolitenida poyezdlar orasidagi ikki daqiqali intervalni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, metropolitenni 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda, bunda asosiy e’tibor yerosti metrosiga qaratiladi.
Oasis Credit mikromoliya tashkiloti ikkinchi filialning ochilishini e’lon qildi. Endilikda kompaniya tadbirkorlarni sifatli moliyashtirish bilan ta’minlay oladi.
Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltakladi. Direktor ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga yotqizilgan. Oliy ta’lim vazirligi holatni keskin qoraladi. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Оktabrda muassasa tunu kun ishlash rejimini to‘xtatgan va bu tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtat ajratilmagani hamda kuz-qish mavsumida elektrni tejash bilan izohlangandi.
Uchko‘prik tumanida Isuzu Damas bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 4 nafar shaxs esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida fuqaro shifokorga qarata stul otdi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruqxonada erta tug‘ish xavfi tashxisi bilan qabul qilingan 26 yoshli ayol vafot etdi. Uning o‘limiga taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Uning homilasi ham tug‘ilmay nobud bo‘lgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiyachi Mamasidiq Sherayev vafot etdi. U Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib ishlagan. Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatiga rahbarlik qilgan.
Deputatlar qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endi daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
20-noyabr — Jahon bolalar kunida UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan bolalar huquqlarini himoya qilish belgisi sifatida mamlakatdagi ko‘plab binolar moviy tus oldi. Ular qatorida Prezident administratsiyasi binosi hamda Registon maydoni ham bor. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Parlamentda turli idora vakillari ishtirokida poytaxtdagi tirbandliklar, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Muhokamada so‘z olganlar, jumladan, jurnalistimiz, ekolog va shaharshunos nimalar haqida so‘z yuritgani — “Gazeta.uz” reportajida.
Toshkent shahrida 82-sonli avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi. 47 yoshli yo‘lovchiga tan jarohati olgani sababli voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Rossiyaning kumush marjoni” va “Imperator” yo‘nalishi bo‘ylab sayohat yoki Sankt-Peterburgning gastronomik yoki biznes turizmga e’tibor qaratmoq — O‘zbekistonga Neva ustidagi shaharni sayohlik yo‘nalishlari taqdim etildi.
Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Unga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.
Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting