AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.
Yanvar-avgust oylarida 28 ming 207 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarga manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi. Bu davrda mehnat migrantlarining to‘lanmay kelinayotgan 676,3 ming dollarlik ish haqi va pulli kompensatsiyalari undirib berildi.
Prezident yo‘l qurilishi sohasidagi me’yorlar eskirgani, yo‘llar sifatsizligini tanqid qilib, sohani raqamlashtirish va xususiy sektorni jalb qilish vazifasini qo‘ydi. Endi ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratiladi.
Namangandagi to‘yda kuyov o‘zi arabcha libos, jumladan kelin burqa kiygani uchun emas, balki diniy mazmundagi videolarni Telegram`da tarqatgani uchun jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Adliya vazirligi. Avvalroq IIVning mazkur xabaridagi tushunarsiz talqin sabab tarmoqlarda muhokamalar yuzaga kelgandi.
Avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqargan oltin-valyuta zaxiralari, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasidagi eng muhim bandlar, Toshkentda kuniga axlatga tashlanadigan 3 tonnaga yaqin non, avtobusning “garmoshka"sini yirtib yuborgan quduq qopqog‘i va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanmoqda. “Maxsustrans” isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish muddati 2024-yil boshiga ko‘chirildi. Ilgari buni shu yilning iyul oyida boshlash rejalashtirilgandi.
Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish maqsad qilingandi. Bu vazifa “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasiga ham kiritilgandi, ammo hujjatning qabul qilingan variantidan joy olmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning “garmoshka”si yirtilgani aks etgan surat paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, yo‘ldagi quduq atrofi cho‘kishi sababli chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2024-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
Iqlimshunoslarning fikricha, haqiqiy kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +20 darajadan pastga tushganda, yomg‘ir tez-tez yoqqanda boshlanadi. sentabr o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda hali “iqlimiy yoz” davom etmoqda.
O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga tanlagan 5 yo‘nalishidan birida super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Shuningdek, agar abituriyent 1-yo‘nalishga kirolmagan, biroq qolganlaridan birida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa, 1-yo‘nalishda super kontrakt asosida o‘qishi mumkin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga ko‘ra, endi maktablarda kompyuter savodxonligi darslari 1-sinfdan joriy etiladi. Shuningdek, 5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi.
O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklariga svetoforlar o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
Toshkentda yana chang bo‘roni, elektr energiyasi narxi oshishi haqida, jurnalist Mavjuda Mirzayevaga so‘ralgan 6 yil qamoq jazosi, Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari, prezident tashrifi oldidan AQShda bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Dushanba kuni chang bo‘ronlari poytaxtdan tashqari Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda ham kuzatildi. O‘zgidromet Toshkentda PM10 zarralari ruxsat etilgan normadan 2,4 marta, PM2,5 zarralari esa 43 marta ko‘p bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxtda chang dushanba kuni kechasi ham saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi chang bo‘roni vaqtida nimalar qilish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi. Ko‘chada kamroq bo‘lish, niqob taqish, tomoq va burunlarni chayish hamda chang zarralari binolarga kirishi mumkinligini yodda tutish tavsiya etilmoqda.
Texnik ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent markaziy (Shimoliy) temiryo‘l vokzalidan harakatlanadigan ayrim poyezdlar qatnovi 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Toshkent-Janubiy” vokzalidan amalga oshiriladi. Bu vaqtda ikki vokzal o‘rtasida bepul avtobuslar qatnaydi.
Toshkentda kuchli shamol ortidan chang-to‘zonlar sodir bo‘lmoqda. IQAir Havo sifati indeksiga ko‘ra, hozir O‘zbekiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘ntalikka chiqdi. “Gazeta.uz” muxbirlari changga burkangan poytaxt ko‘chalarini suratga oldi.
13−15-sentabr kunlari yo‘llar modernizatsiya qilinishi munosabati bilan Toshkent, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo o‘rtasidagi bir qator temiryo‘l qatnovlari bekor qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting