Yangi Toshkentda “eski” Toshkent bilan bog‘langan tramvay va metroning yagona tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. “Yangi shaharga metroda 30−35 daqiqada yetib borish mumkin… Avtomobilda kelishga ehtiyoj qolmaydi” , — deydi qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Odilov.
Kompromatuzb ishi doirasida sudlanayotgan jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosini berish va 3 yil davomida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlash so‘raldi.
11−15-sentabr kunlari O‘zbekistonda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +29…+32 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkentda dekabr oyida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar o‘tkazish hamda akademiyaning yangi haqiqiy a’zolarini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston poytaxti “bog‘-shahar” g‘oyasi ustiga qurilgan. Ammo qurilishlar, daraxtlarni kesish, ularni noto‘g‘ri parvarishlash va aholi salomatligi ko‘kalamzorlashtirishning o‘z yechimini kutayotgan tizimli muammolaridan dalolat bermoqda, deydi mutaxassislar. Aks holda, biz o‘zimiz yashayotgan bog‘ni yo‘qotamiz.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlarining ayrim qismlarida 11−12-sentabr kunlari gaz ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Ro‘yxat.
Tonggi soat 8 da Toshkent IQAir`ning dunyoning yirik shaharlari bo‘yicha havo ifloslanish darajasi reytingida 4-o‘rinni egalladi. Poytaxt havosi ta’sirchan odamlar guruhi uchun bir muddat zararli bo‘lib qoldi.
Dushanba tongida vodiy viloyatlarida zilzila kuzatildi. Epitsentr Farg‘ona tumaniga to‘g‘ri keldi — 4 ball. Yer silkinishi Andijon va Namangan viloyatlarida 2−3 ballni tashkil etdi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov Islom dinida, xususan, kiyinishda haddidan oshish holatlarini tanqid qildi. “Bizning mazhabimiz ayollar ma’lum bir kiyimni kiyishiga buyurmagan, qora kiysin, yuzini berkitsin, degan narsa bizning mazhab ko‘rsatmasida yo‘q”, — dedi muftiy.
Toshkent shahrining 8 ta tumanining ayrim hududlarida 11−15-sentabr kunlari issiq suv bo‘lmaydi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Guliston davlat pedagogika insitutiga yangi rektorlar tayinlandi. Shuningdek, Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga ijrochi direktor tayinlandi.
Qashqadaryo viloyatida yashovchi 29 yoshli ayol Respublika perinatal markazida 4 nafar o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Go‘daklarning ahvoli yaxshi, ular nazorat ostida, deyiladi xabarda.
11−15-sentabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filiali faoliyati to‘liq to‘xtatiladi. Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sabab bo‘lgan. Bu vaqt oralig‘ida 8 ta tumandagi bir qancha hududlarda issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.
Rossiyalik reper Morgenshtern “Chyorniy russkiy” qo‘shig‘i uchun olingan klipni taqdim etdi. Suratga olish ishlari sobiq “Chirchikstroy” mehmonxonasi va Toshkent viloyatidagi “Fizika-Quyosh” institutida bo‘lib o‘tgan.
Kiyevcha yoki g‘ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar, pomidor va pishloqli hamda baliqli kotlet, ismaloq solib pishirilgan tovuqli yoki kartoshka kotleti — Zira.uz turli mahsulotlar solib pishiriladigan kotletlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qiladi. Retseptlar.
Xorazmda zaharlab o‘ldirilgan 13 ta it, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ushlangan Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasi sobiq boshlig‘i, Toshkentda elektrobus “avariyasi” sabab jarohatlangan 6 kishi, FAOning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashabbusiga qo‘shiladigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Lenovo kompaniyasi O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonda ehtiyot qismlar omborlari tarmog‘i ochilganini e’lon qildi.
Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi. Ularda irsiy kasalliklari bor bolalar maxsus dori vositalari va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 50 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting