O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar jalb qilingan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. SSV hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish dasturini tuzadi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 16, 25, 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi. Qisqargan yo‘nalishlarda yangi avtobuslar tashkil etilgan.
Sakkiz oy davomida O‘zbekistonda 390,18 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 6305 ta holat aniqlandi. Eng ko‘p holatlar Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi, 2027-yildan esa mustaqil jamg‘armaga aylanadi.
Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.
Prezident farmoni bilan Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilindi.
2025-yil oxirigacha Buxoro viloyatini aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirish rejalashtirilmoqda. Viloyatda 1 milliondan ortiq mehnatga layoqatli aholi istiqomat qiladi. Rasmiy ravishda 76 ming kishi ishsiz hisoblanadi.
O‘zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlari Ukrainaga 2000 dona birinchi sinf to‘plamini jo‘natdi. Ular Xarkov, Xerson, Nikolayev va Zaporoje viloyatlaridagi yetimlar va ko‘chirilganlarning bolalariga topshiriladi.
Farg‘ona viloyatida 7 kishi qalbaki aroqdan zaharlandi, ulardan biri vafot etdi. Soxta aroq ishlab chiqarishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.
Sud bloger Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaga tuhmat va haqorat to‘g‘risidagi moddalar asosida 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Uning Xorazm viloyatidan tashqariga chiqishi, aloqa vositalari va internetdan foydalanishi taqiqlandi.
Chilonzor tumanida avtoturargohda turgan mashinadan boshi polietilen paketga o‘ralgan erkak murdasi topildi. Erkak 31-avgust kuni bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.
Odatda, avgust O‘zbekistonda eng qurg‘oqchil oy bo‘lsada, bu yil uning so‘nggi kunlarida ayrim hududlarda bir sutkalik yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan bir necha marta ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, 2023-yilgi avgust oyi avvalgilariga qaraganda sovuqroq bo‘ldi.
1-oktabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya beriladi. Ular kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, maxsus tizim orqali ishga joylashtiriladi.
O‘zbekistonda 1-dekabrgacha barcha ko‘p kvartirali uylardagi mavjud liftlar xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish taklif etilmoqda. Shuningdek, liftlar internetga imtiyozli narxlarda ulanishi mumkin.
Toshkentda qurilish ishlarini olib borish maqsadida 19 tup daraxtning ildiz qismi drel yordamida teshilib, quritish uchun ichiga suyuqlik quyildi. Tabiatga 534,8 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Reyslar hafta davomida Toshkent−Zomin−Samarqand yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Toshkent shahar IIBB podyezdda qizga hujum qilgan 29 yoshli erkakning shaxsi aniqlangani va hibsga olinganini ma’lum qildi.
Olot tumanida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda Howo haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
Dang‘ara tumanida 21-iyun kuni 25 yoshli shaxs o‘z tengdoshini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Voqeadan ikki yarim oy o‘tib Farg‘ona IIB gumonlanuvchi ushlanganini ma’lum qildi.
Oltinsoy tumanida “Botosh lochini” fermer xo‘jaligi 44,8 gektar paxta maydonidan 187,4 tonna hosil oldi. Shartnomaviy rejani 100 foiz bajargan fermerga Cobalt topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting