Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 8 sotix yerni noqonuniy ravishda olib berishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 5,3 mln so‘m olganida qo‘lga tushdi.
Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov poytaxtni suv bosishiga nimalar sabab bo‘layotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda qisman odamlarning o‘zi aybdor. “O‘zimizdan ham ayb qidiraylik, 20−30 foiz drenajlarni fuqarolar uy qurish jarayonida yopib yuborgan”, — deydi hokim.
Mahallalarga tuman va shahar mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, kun tartibini ishlab chiqish va muhokama qilishda qatnashish huquqi beriladi. 2327 ta mahalla uchun esa yangi bino qurib beriladi. sentabrda “Mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan o‘rni” xalqaro forumi o‘tkaziladi.
2023-yilda aholi va tadbirkorlarning mavjud muammolarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Qolaversa, daftarlarga kiritilgan aholiga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritiladi. Har bir mahallaning elektron xaritasi ishlab chiqiladi.
Yaponiya O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga o‘zbek tilidagi kitoblar va o‘quv materiallari ishlab chiqarish va Brayl alifbosiga tarjima qilish uchun dasturiy ta’minot sifatida Brayl yozuvidagi printerlarni taqdim etdi.
Karmana tumanidagi 3 qavatli qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi.
Qarshi tumanida Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida pastlikka tushib ketdi. Og‘ir tan jarohatlari olgan mashina yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.
Buxorolik fuqaro o‘z uyining yerto‘lasida yashirin mayning fermasini ochgani aniqlandi. U yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 93 mln so‘mlik zarar yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Activist blogerining aholi o‘rtasida ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan, degan xulosa bergani ma’lum qilindi. Fatvo markazi bloger keltirgan karmin moddasi mavjud mahsulotlarni iste’mol qilish joizligini bildirdi.
“Kechasi yo bahorda bo‘ladi”, “yer yorilib, shaharni yutadi”, “kuchsiz zilzila — kuchlisidan darak”. Oxirgi zilzilalar sabab bu tabiat hodisasi haqidagi eski afsonalar yangi kuch bilan muhokama qilina boshladi. “Gazeta.uz” seysmolog olimlardan bu afsonalarning qay biri haqiqatu, qaysinisi uydirmaligini so‘radi.
MTRKning “Madaniyat va ma’rifat” telekanalini “Karvon” nomi bilan Madaniyat va turizm vazirligiga o‘tkazish haqidagi prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchradi. Faollar: “Adabiyotdan qo‘rqishyaptimi?”, deb savol qo‘ymoqda. Vazir Ozodbek Nazarbekov muhokama va hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi.
Toshkent shahri hokimligi rahbari Shavkat Umurzoqov va IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev poytaxtga keltirilgan yangi avtobuslardan birida harakatlandi. Hokim v.b. tez orada bekatlar tartibga keltirilishi, ularning oldida suv to‘planib qolmasligini bildirdi. “Salgina sabr qiling”, — dedi u.
Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan 233 ta avtobus va elektrobus keltirildi. Shundan 203 tasi Yutong elektrobus va avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli (18 metrli) King Long avtobuslaridir.
Tarkibida karmin moddasi mavjudligi sababli ayrim yogurtlar harom ekanini aytib chiqqan Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi. U “diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatish” va “ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”da ayblangan.
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.
Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 87 yoshida vafot etdi. U fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi.
Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisining eshagi tomorqaga zarar yetkazgani uchun uning quloqlarini kesib tashladi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Mirobod tumanidagi uylarning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi. Ularning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda “Tez yordam” xizmatiga 3 mln 90 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.
Shayxontohur tumanida Lacetti, Captiva va 2 ta Nexia avtomashinalari to‘qnashdi. Bir yo‘lovchi jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting