Qamchiq dovonida MAN yuk avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolib, xandaqqa tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida mashinani chiqarib oldi.
O‘zgidromet yoz noodatiy issiq bilan boshlanganiga izoh berdi. Oxirgi marta bunday issiq 2021-yilda iyun oyining birinchi yarmida kuzatilgan va u barcha kuzatuvlar davomidagi eng issiq havo bo‘lib, harorat +46 darajaga yetgan. Joriy iyun bunday qiymatlarga “yeta olmadi”.
Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +43 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Juma kuni poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan kattaqo‘rg‘onlik ayol jazoga tortildi. 23 yoshli ona sudda bu ishni erini qo‘rqitish maqsadida qilganini aytdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. NNTning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishgan, O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan o‘zbekistonliklar bilan ishlash.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.
Toshkentda himoya orderi talablarini buzib, jarimaga tortilgan AQSh fuqarosi, Namanganda JQB sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlangani, yonib ketgan Qo‘qon bozori haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, eski banknot va tangalarni almashtirish tiklangani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
15-iyundan 15-sentabrga qadar “O‘zmilliybank”dan Solfy to‘lov kartasi bilan Baraka Market`da xaridlarni amalga oshirib, Tailandga sayohat va boshqa qimmatli sovg‘alarni yutib olish imkoniyati mavjud.
Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Umid Raupovga tergov izolyatorida saqlanayotgan shaxsni qiynoqqa solgani uchun uch yil muddatga ozodlik cheklash jazosi tayinlandi. Sud jabrlanuvchining da’volari yo‘qligi hamda sudlanuvchining aybiga qisman iqrorligini inobatga olib, jazoni yengillashtirdi.
SSV ma’lum qilishicha, “Anhor — Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida attraksiondan yig‘ilgan ikki fuqaroning holati o‘rta og‘ir darajada. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.
SSV Intermed Innovation xususiy klinikasi litsenziyasini sud orqali bekor qilinganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, Intermed Innovation kompaniyasi litsenziyani bekor qilish bo‘yicha sud jarayonini noqonuniy deb atagan edi. Vazirlik klinikaning bayonotiga nisbatan munosabat bildirdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida qurilish vaqtida uyning bir qismi qulab tushdi, oqibatda ikki yashar qizaloq devor ostida qoldi. FVV xodimlari qizni qutqarib, shifokorga topshirgan.
Shavkat Mirziyoyev yong‘indan zarar ko‘rgan Qo‘qondagi bozor bir oy ichida to‘liq tiklab berilishini ma’lum qildi. “Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”, — dedi prezident.
Toshkentda 61 yoshli AQSh fuqarosi Maksim Penson himoya orderi talablarini buzgani va bezoriligi sabab jarimaga tortildi. U turmush o‘rtog‘i S.Razakovani turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ayoliga nisbatan tazyiq o‘tkazgan. Sud uni 990 ming so‘m jarimaga tortdi.
Nukusda 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Ayolning ruhiyatiga o‘tgan yilning sentabrida egizak chaqaloqlaridan ayrilgani salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.
Statistika agentligi O‘zbekistonga yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar sayyoh kelgani, ularning eng ko‘pi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadan ekanini ma’lum qildi. Sayyohlarning 2,1 mln nafari (81,5%) mamlakatga piyoda kelgan.
DXX tomonidan Samarqandda ikki fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishi uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting