NBU Milliy mobil ilovasi yordamida valyutani istalgan vaqtda va hamyonbop kursda ayirboshlash, shuningdek bank terminallarida foizsiz naqd pul olish imkoniyati mavjud.
Poytaxtning Yashnobod (soat 16:00 gacha), Mirobod va Chilonzor (soat 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.
BBC rus xizmati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining Rossiya qamoqxonalaridan Ukrainadagi urushga yollangani bo‘yicha tekshiruvni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yollanganlar orasida kamida 93 kishi halok bo‘lgan, ulardan 34 nafari o‘zbekistonlik.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-maydan buyon 16 655 nafar yoshning 28,8 mlrd so‘mlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. Ularning 9 053 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi.
Ekobloger “O‘rikguli” Toshkent shahrida noto‘g‘ri sug‘orilayotgan yashil hududlar aks etgan navbatdagi tasvirlarni e’lon qildi. U sug‘orish favvoralarini ta’mirlashga, daraxtlarni sug‘orishga ortiqcha suv sarflamaslikka chaqirmoqda.
Andijondagi tergov hibsxonasida mahkumning kaltaklanib, o‘ldirib qo‘yilgani bo‘yicha 12 nafar IIO xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ulardan 6 nafari qamaldi, qolgani uy qamog‘iga hukm qilindi. Marhumni kamerada kaltaklagan bir nafar mahbusning jazo muddati uzaydi.
Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.
Xorazmda “fuqaroni tinchini buzmaslik uchun” undan deyarli bir yil mobaynida 58 mln so‘m olib kelgan va yana 10 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Yakkabog‘ tumanida elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya obyekti hududiga transformator punkti o‘rnatgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorlikka 93 mln so‘mlik zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.
Chilonzordagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida portlash va yong‘in ro‘y berib, 1 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. 16 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Dastlab 6 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent shahri hokimligi ikki ko‘cha — Katta halqa yo‘lining bir qismi (Oxangaron shohko‘chasi va yangi aylanma yo‘l oralig‘i) hamda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi ko‘chaga nom berish bo‘yicha aholidan takliflar qabul qilmoqda.
Chorshanba kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida vaqtincha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.
DXX “Xorazm yo‘l qurilish” bo‘lim boshlig‘ini tadbirkordan 48 ming dollar olayotganda, Xivada esa Davlat kadastrlari palatasi xodimini yer sotib olgan fuqarodan 60 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.
Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi.
Toshkentdagi elektr uzilishlari sababini aytgan “HET” korxonasi mas’uli, meros bo‘yicha sudga arz qilgan Islom Karimovning o‘g‘li, “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida attraksiondan tushib ketgan 2 fuqaro, 4 soatda o‘chirilgan Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yirik yong‘in va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Buxoroda Osiyo xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyning 6-qavatidan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi. 18 yoshli qizning o‘z joniga qasd qilishi sabablari bo‘yicha taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting