Yakshanba kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod keltirish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Foto.
Yerusti halqa metro yo‘lining “Qo‘yliq” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 5 ta yangi stansiyada yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat ko‘tarilishi davom etadi. Havo kunduzi +33 darajagacha, cho‘l hududlarda va janubda +37 darajagacha isiydi.
Ekobloger “O‘rikguli” daraxtlarga ozor bermaslikka chorlovchi plakatlar suratini tarmoqlarga joyladi. U “Gazeta.uz” bilan suhbatda bundan maqsad ko‘chalarga hadeb archa emas, hududga mos keladigan daraxtlarni ekish, ularning ostini betonlamasdan, tagida ham jon borligini tushuntirish ekani haqida gapirdi.
Kitob tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portladi. Oqibatda uyning deraza va eshik romlariga zarar yetdi. Bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
Yunusobod tumanida yashovchi 16 yoshli qiz 3-qavatda balkon oynasini artayotib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan. Bosh prokuratura jarohat olgan qizning ahvoli hozirda yaxshi ekani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
27−29-aprel kunlari Toshkentda GreenArt xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi. Uning vazifasi ekologik madaniyatni oshirish va mamlakatdagi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.
Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
1970-yildan beri 22-aprel Xalqaro Ona Yer kuni sifatida bayram qilinadi. Shunga qaramay, odamzot yerni ekspluatatsiya qilish, unga zarar yetkazishdan to‘xtamayapti. Bu jarayondan, afsuski, O‘zbekiston ham chetda emas. “Gazeta.uz” biologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov bilan shu haqda suhbatlashdi.
Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda. U bu pulni fuqarolarni farrosh va qorovul lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga olayotganda qo‘lga tushgan.
Qo‘qon shahrida Gentra ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Mercedes-Benz mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 2 haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urildi. Undan qochgan Damas esa xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.
Yangihayot tumanidagi maktabning 16, 17 yoshli o‘quvchi qizlari 14 yoshli qizni urib, unga yengil jarohat yetkazdi. Qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Mahallalarda “bir so‘m pul” so‘rayotgan bolalar, Samarqanddagi Registon maydonida hayit namozining o‘qilishi, tandirdan uzilgan non va nisholdani bir-biriga uzatayotgan qo‘shnilar — 1992-yilda o‘zbekistonliklar muqaddas Ramazon oyini shunday kuzatishgan.
Farg‘ona shahrida ta’mirlanayotgan uyning tomi qulab tushib, ikki ishchini bosib qoldi. Ular FVB qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi va shifoxona joylashtirildi.
Urganch tumanida bojxonachilar Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlarini olib ketayotgan shaxslarni aniqladi.
Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi shaxs fuqaroning kasallik tarixini to‘ldirib, uni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun 4,3 mln so‘m olayotgan vaqtida gumondor sifatida qo‘lga olindi.
Bayramona osh, somsa-sho‘rva, “Atirgul” manti, filo xamiridan pistali paxlava, asalli qush tili va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy bayramona taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
21-aprel tongida O‘zbekistondagi mavjud 2100 ortiq masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qildi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi Mulla Qosim jome masjididan fotoreportaj tayyorladi.
Qashqadaryodagi yo‘llardan birining chetiga avariyaga uchragan avtomobil o‘rnatildi. O‘zbekiston IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, bu yo‘llardagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting