Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida shifokorlar tomonidan minginchi buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi o‘tkazildi. Operatsiya surunkali buyrak yetishmovchiligining so‘nggi bosqichida bo‘lgan ayolda o‘tkazildi, uning eri donor bo‘ldi.
Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).
O‘zbekiston Afg‘onistonga zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 185 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi. Yuklar Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi. Ikki davlat rasmiylari savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazdi.
Koson tumanida ota va ona voyaga yetmagan qizini kaltakladi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan. Ota ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan.
O‘zbekistondagi Yandex Go ilovasida nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar paydo bo‘ldi: yo‘lovchi endi haydovchining mashinasini topishda yordam so‘rashi, nogironlar aravachasida ekanini bildirishi, gapirmasligi yoki faqat matn orqali muloqot qilishi mumkinligi haqida ogohlantirishi mumkin.
O‘zbekistondagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi. Loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.
“O‘zkomnazorat” telefonlarni bepul stansiyalarda quvvatlantirish xavfidan ogohlantirdi. Bunday qurilmalar orqali shaxsiy ma’lumotlardan onlayn hisoblarga kirishda foydalanish yoki uni boshqa hujumchilarga sotish mumkin. Inspeksiya buning oldini olishda qator tavsiyalar berdi.
Baliqchi tumanida ikkinchi turmush o‘rtog‘ini bo‘yoq suyultirgich bilan yoqib yuborgan 43 yoshli erkak 17 yilga qamaldi. U sud jarayonida ushbu jinoyatni qilishiga ayoli bilan munosabatlari sovuqlashganini sabab qilib ko‘rsatgan. Marhuma voqeadan 13 kun o‘tib shifoxonada vafot etgan.
“Asakabank” farmatsevtika sohasida yangi loyihalarning 25 foizgacha qismiga o‘z ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etadi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatiladi.
Prezident suv xo‘jaligi tizimidagi ayrim takliflarni ma’qulladi. Endi Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda yopiq quvurli sug‘orish tizimi yaratiladi. Nasos stansiyalari xususiy sheriklikka ham beriladi. Donli ekin va sabzavotni suv tejovchi tizimda yetishtirganlar gektariga 8 mln so‘mgacha subsidiya oladi.
O‘zbekistonda 1-maydan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi: hujjatsiz yurish — 330 ming so‘m; “qizil”da o‘tish — 660 ming so‘m; telefonda gaplashish — 990 ming so‘m; mast holda rulga o‘tirish va ruxsatsiz “tonirovka” — 8 mln 250 ming so‘m.
Prezident imzolagan qonun bilan ma’muriy jarimalarning 50 foizini 15 kun ichida, 70 foizini 30 kun ichida to‘laganlar uning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Biroq shunday huquqbuzarlik 1 yil davomida takror sodir etilganda yoki protest bildirilganda chegirma qo‘llanilmaydi.
Hukumat qarori bilan aerovokzal yaqinida to‘xtash faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi. Boshqa transportlar esa turargoh va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi. Estakadadan foydalanishda yengil avtomobillar 5 daqiqagacha, avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqagacha to‘xtab turishi mumkin bo‘ladi.
Chorva mollarining haddan ziyod ko‘p boqilishi, sug‘orish quduqlarining burg‘ulanishi, o‘g‘itlar, daraxt tanalarini betonlash — barchasi tabiiy ekotizimlarga katta xavf tug‘diradi. GEF Kichik grantlar dasturi 15 yildan beri kichik loyihalar atrof-muhitni qanday yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatib kelmoqda.
Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkak, poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar, Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar, Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortilgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Uchtepa tumanida Cobalt va Captiva mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib ketildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Uchtepa tumani IIB xodimlari uylar devorlariga narkotik moddalarni sotadigan onlayn do‘konlar flayerini joylashtirib yurgan shaxsni qo‘lga oldi. U 2022-yil kuzidan buyon shu ish bilan shug‘ullanayotganini bildirdi.
Uzun tumanidagi 31-maktabda o‘qituvchilarni do‘pposlagan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Vazir Hilola Umarova holatga munosabat bildirib, video e’lon qildi.
Samarqand shahrida bolani muntazam do‘pposlab kelgan enaga 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bolaning qovurg‘alari sinib siljigan, undagi jarohatlar hayot uchun o‘ta xavfli deb baholangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting