Jamiyat

“Taʼlim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi muvaffaqiyat yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin
27 mart 2023, 15:00

“Taʼlim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi muvaffaqiyat yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin

Aprel va may oylarida O‘zbekistonning to‘qqizta shahrida “Ta'lim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda turli mamlakatlardan 50 dan ortiq universitet vakillari ishtirok etadilar.

«Seniki. Meniki. Bizniki». Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi qanday ketmoqda? Foto
27 mart 2023, 14:30

«Seniki. Meniki. Bizniki». Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi qanday ketmoqda? Foto

Aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida O‘zbekiston bo‘ylab «Konstitutsiya — o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Ularda estrada yulduzlari, sportchilar, rasmiylar va tadbirkorlar chiqish qilmoqda. Fotojamlanma.

O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ
27 mart 2023, 13:42

O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ

DSQ O‘zbekistonda qancha talaba shartnoma tuzib ijarada turganini ma’lum qildi. 2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 50 976 ta ijara shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha ijarada turuvchi talabalar soni 83 018 nafarga yetgan.

Hafta davomida havo o‘zgarib turadi
27 mart 2023, 11:36

Hafta davomida havo o‘zgarib turadi

Hafta davomida harorat +20…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Seshanba-payshanba kunlari esa ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi
27 mart 2023, 11:09

Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi

Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan poyezd Ellikqal’a tumanida 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Voqeaga fuqaroning ehtiyotsizlik oqibatida temiryo‘lga chiqib qolgani sabab bo‘lgan.

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi
27 mart 2023, 10:59

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi

6, 13, 20, 27 aprel kunlari 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

Shvetsiyadan O‘zbekistonga birinchi marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi
27 mart 2023, 10:42

Shvetsiyadan O‘zbekistonga birinchi marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan firibgarlikda gumonlangan erkak Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.

Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga yuborishda gumonlangan ayol ushlandi
27 mart 2023, 10:30

Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga yuborishda gumonlangan ayol ushlandi

DXX va IIB Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga jo‘natishda gumonlangan ayolni ushladi. U kelishilgan puldan 4 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga tushgani aytilmoqda.

Toshkentdan qatnovchi ba’zi mahalliy va xorijiy poyezdlar jadvali vaqtincha o‘zgardi
27 mart 2023, 10:14

Toshkentdan qatnovchi ba’zi mahalliy va xorijiy poyezdlar jadvali vaqtincha o‘zgardi

27 martdan 15 aprelgacha Toshkentdan harakatlanuvchi bir nechta mahalliy va xorijiy yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bunga ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ldi.

Toshkentda Malibu YTHga uchrab, daraxtga «osilib qoldi»
27 mart 2023, 09:46

Toshkentda Malibu YTHga uchrab, daraxtga «osilib qoldi»

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida YTHga uchragan Malibu vertikal holatda daraxtga «osilib qoldi». YHXB haydovchi boshqaruvni yo‘qotganini ma’lum qildi. Bir yo‘lovchi jarohatlangan.

Toshkentda xotini va farzandini kaltaklagan sportchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 mart 2023, 22:08

Toshkentda xotini va farzandini kaltaklagan sportchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 33 yoshli sportchi oilaviy tortishuv sababli 28 yashar turmush o‘rtog‘ini, keyinroq 7 yoshli o‘g‘liini urib, tan jarohati yetkazdi. Toshkent IIBBga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Toshkentning Olmazor tumanida ikki kundan ortiq vaqt davomida elektr bo‘lmadi
26 mart 2023, 13:45

Toshkentning Olmazor tumanida ikki kundan ortiq vaqt davomida elektr bo‘lmadi

Toshkentning Olmazor tumanida 17 ming abonent yuqori voltli podstansiyadagi avariya tufayli ikki kundan ortiq vaqt davomida elektr ta’minotisiz qoldi. Buning natijasida suv ta’minotida ham uzilishlar yuzaga keldi. Avariyani bartaraf etishga elektr tarmoqlarining 84 nafar xodimi jalb qilindi.

Toshkent madaniyat bosh boshqarmasining sobiq rahbarlari talon-torojliklarda gumonlanmoqda
26 mart 2023, 11:37

Toshkent madaniyat bosh boshqarmasining sobiq rahbarlari talon-torojliklarda gumonlanmoqda

Sobiq Toshkent madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari o‘tgan yili 20 mlrd so‘mlik festivallarni tendersiz o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzolagan. Bundan tashqari, festivallar davomida 8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan, deya xabar qildi Bosh prokuratura xabarida.

25 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 mart 2023, 22:00

25 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish, baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinda tushgan O‘zbekiston, 2 fuqaroni pichoqlab, yoqib yuborgan erkak, nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Saida Mirziyoyeva AQShdagi «Tinchlik korpusi» va Oq uyda uchrashuvlar o‘tkazdi
25 mart 2023, 18:34

Saida Mirziyoyeva AQShdagi «Tinchlik korpusi» va Oq uyda uchrashuvlar o‘tkazdi

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi chog‘ida Amerika «Tinchlik korpusi» ko‘ngillilarining O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklash hamda gender tengligini birgalikda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi
25 mart 2023, 16:57

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi

5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi Nukus voqealari bo‘yicha ayblanmoqda
25 mart 2023, 16:18

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi Nukus voqealari bo‘yicha ayblanmoqda

Amanbay Sagidullayev (“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi, Norvegiyada yashaydi) va Niyetbay Urazbayev (Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili) Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Sud ularning ishtirokisiz bo‘lib o‘tyapti.

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi
25 mart 2023, 15:42

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

Mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga berilishi mumkin
25 mart 2023, 14:22

Mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga berilishi mumkin

Sport infratuzilmasi rivojlanmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekistonda prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqildi
25 mart 2023, 13:47

O‘zbekistonda prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqildi

O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting