O‘zbekistonga birinchi marta qonunga zid ravishda dron olib kirgan yoki undan foydalanganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda. Amalda esa mazkur huquqbuzarlik uchun faqat jinoiy javobgarlik — 3 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.
Qoraqalpog‘istondagi og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini ta’mirlash (yopish), yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining parametrlari tasdiqlandi. Buyurtmachilarga elektron shaklda taklif bermasdan, eng yaxshi takliflarni aniqlash huquqi beriladi.
2-sonli Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda ishlashni istagan chet elliklarni bo‘sh ish o‘rinlariga chaqirishda maqsadga muvofiqlikni o‘rganish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ular chetdan olib kelgan mashinani olib chiqib ketish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, yig‘im to‘lamasligi ham mumkin.
O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy klonlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB.
Turkiyaning Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Bronla.uz servisi dachalarni 2 daqiqada ham tanlab, ham bronlash imkoniyatini taqdim etadi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YTHlar soni 1 foizga kamaydi. Ularda halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilga borib YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
Kosonsoy tumanidagi uyda portlash ro‘y berib, 5 kishi jarohat oldi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Angren shahrida 19 yoshli qiz xonadonida o‘zini osib qo‘ydi. Uni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Kosonsoy tumanidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababli jarohatlangan 4 fuqaro shifoxonaga olib ketildi. Voqeani FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» xodimlari o‘rganmoqda.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, hozirda an’anaviy shaklda taqdim etilayotgan 200 ta davlat xizmati DXMlar hamda YAIDXP orqali ko‘rsatila boshlaydi. Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash proaktiv tarzda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila markazlaridan biri — Qahramanmarash viloyatidan olib chiqildi. Ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatga qaytib keladi.
Muhokamaga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga muvofiq, 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirilishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, bu cheklov o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi.
So‘nggi vaqtlarda Toshkentda o‘tadigan osh marosimlarini dasturxonchilarsiz tasavvur qilib bo‘lmay qoldi. Abdusalom aka — to‘y-marosimlarni mehmondo‘stlik hissi bilan to‘ldiruvchi shunday mutaxassislardan biri. «Gazeta.uz» uning nahorgi oshdagi o‘rni nimadan iborat ekani haqida hikoya qiladi.
Nukus voqealari bo‘yicha yangi ish bo‘yicha sud jarayonida prokuratura 39 nafar ayblanuvchiga ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, separatistik g‘oyalarni tarqatish, huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilish, avtomashinalarga o‘t qo‘yish va yo‘llarni to‘sib qo‘yish kabi ayblovlarni o‘qib eshittirdi.
O‘zbekiston zilzila sabab Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natishi, shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqqan SSV rahbari, hafta yarmidan yana kunlar sovishi, «Open Budget»ning yangi mavsumi, 47% viza arizalarini rad etgan AQSh va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
FVV O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagani hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligini ma’lum qildi.
Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan avtodromda 5 fevral kuni Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan chavandozlar ishtirokida yirik ko‘pkari bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar 5 ta avtomobil, Umraga yo‘llanmalar, 40 dan ortiq tuya va toylarni qo‘lga kiritdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam reportaji.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting