Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi ayol MobiDRIVE aksiyasi doirasida Mobiuz mobil operatoridan avtomobilni qo‘lga kiritdi.
MB raisi lavozimidan ketgan Mamarizo Nurmuratov, Ukraina va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgan Mirziyoyev va Putin, xalq senzura talab qilayotganini aytgan madaniyat vaziri, ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlarni jazolash taklifi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida BYD va Equinox to‘qnashuvi oqibatida 18 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.
6-dekabrda TDIU talabalari va o‘qituvchilari orasida o‘tkazilgan Talaba Yugur tadbirining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir oliygoh rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlandi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Ohangaron shaharlaridagi tezkor tadbirlar davomida, xususan, Tojikistondan olib kelingan 10 kilogrammdan ortiq gashish va opiyni musodara qildi.
O‘zbekistonda ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish maqsadida ta’lim olish va ularni moliyalashtirish uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda savollarsiz ma’qulladi. Biroq parlamentning bir nafar a’zosi qarshi ovoz berdi.
“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilarining holati bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borilgan va ularning masalasi alohida sudda ko‘rilayotgan edi. Noyabrda sud hukmi e’lon qilindi. Jabrlanuvchilar ro‘yxatiga yana besh bola qo‘shildi. Ularning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan kompensatsiya undirilishi belgilangan.
Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan taksi xizmatlari sifati pastligi, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, haydovchilarning qo‘pol muomalasi va narxlar asossiz oshirib yuborilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Qo‘mita qanday choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.
Sirojiddin Boboqulov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bunga qadar bosh vazir kotibiyatida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hozircha xalq muhokamasida, uzil-kesil qaror qabul qilinganicha yo‘q.
Qishki ta’til munosabati bilan Toshkentdagi ikkita OTM binosida temiryo‘l hamda avtobus uchun chiptalarni sotib olish imkoniyati yaratildi.
Hukumat qarori bilan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Qo‘mita o‘z yo‘nalishi doirasida JSTga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qiladi.
Yangi yil munosabati bilan poytaxtda 25-dekabrdan 10-yanvargacha bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Yana 14 ta hududda ham archalar qo‘yiladi. Ro‘yxat va manzil.
Lenovo kompaniyasi hamkorlarga mahsulotlarni sotishdan murakkab IT-yechimlarni yaratishga o‘tishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.
Ikki baravar oshgan birjadagi avtobenzin narxi, Pokiston va Tailand bilan JST muzokaralari yakuni, GSP+ savdo imtiyozli rejimini uzaytirish taklifi, O‘zbekistondagi GESlar potensialidan foydalanmaslik xiyonat ekanini aytgan vazir va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Farg‘onada yashovchi 3 nafar shaxs Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘m miqdoridagi qalbaki pullar bilan ushlandi. Ular soxta kupyuralarni purkagichli printer yordamida chop etgan va 27 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston ichki bozorda yiliga 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Xususan, Ohangaron mis klasterida OKMK misi asosida yarimo‘tkazgichlar va mikroelektron qismlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
UzAuto Motors 11-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalarga 23-dekabr-10-yanvar oralig‘idagi mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi. SV/VIP klassdagi vagonlar va “Afrosiyob” elektropoyezdlari bundan mustasno. Avvalroq UzAirways ham talabalarga chegirma taqdim etgandi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Suriyadagi vaziyat haqida videolar e’lon qilib borayotgan, xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zo Xudoyor Nuriddinovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atib, qidiruv e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting