Jamiyat

Tilda machchoyi sayil
2 oktabr 2022, 12:00

Tilda machchoyi sayil

«Gazeta.uz» o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan oktabrni — «O‘zbek tili oyligi» deb e’lon qildi. Har kuni o‘tgan davrda chop etilgan va dolzarbligini yo‘qotmagan maqola hamda fiqralar qayta berib boriladi. Bu gal yozuvchi va jurnalist Ahmad A’zam ijodiga yuzlanamiz.

OTMning diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish yo‘lga qo‘yildi
2 oktabr 2022, 10:26

OTMning diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish yo‘lga qo‘yildi

Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish tizimi ishlab chiqildi. Buning uchun diplom.edu.uz axborot platformasidan foydalaniladi. Tizim boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

Urgutda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi
2 oktabr 2022, 10:09

Urgutda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi to‘yxona yaqinidagi quduqdan topildi. Bola to‘yga buvisi bilan borgan va bir ozdan so‘ng yo‘qolib qolgan.

PMTI: O‘zbekistondagi ish beruvchilar orasida qanday ko‘nikmalar eng ko‘p talab qilinadi?
1 oktabr 2022, 18:41

PMTI: O‘zbekistondagi ish beruvchilar orasida qanday ko‘nikmalar eng ko‘p talab qilinadi?

Bo‘sh ish o‘rinlarining 28% ida ijtimoiy ko‘nikmalar, ya’ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari talab etiladi, deydi PMTI ekspertlari. Shuningdek, vakansiyalarning 18,3% ida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko‘rsatilgan.

Qachon o‘zbekcha gapiramiz?
1 oktabr 2022, 12:00

Qachon o‘zbekcha gapiramiz?

1989 yil 21 oktabr. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan oktabrni — «O‘zbek tili oyligi» deb e’lon qiladi va dolzarbligini yo‘qotmagan maqola va fiqralarni qayta chop etadi. Birinchisi — Erkin A’zamning 1992 yilda yozilgan «Qachon o‘zbekcha gapiramiz?» maqolasi.

“Maktabdan boshqa ishga o‘tgan o‘qituvchilarni qaytarish, oylikni kamida 15 mln so‘m qilish zarur”
1 oktabr 2022, 10:30

“Maktabdan boshqa ishga o‘tgan o‘qituvchilarni qaytarish, oylikni kamida 15 mln so‘m qilish zarur”

O‘zbekistondagi davlat maktablarida jami 506 618 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Ularni yagona maqsad — tongdan kechgacha bolalarga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli mas’uliyat birlashtirib turadi. O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Gazeta.uz” turli makon va sharoitlarda ishlayotgan murabbiylar bilan suhbatlashdi.

Nima tayyorlaymiz: Shirin bulochkalar
1 oktabr 2022, 10:20

Nima tayyorlaymiz: Shirin bulochkalar

Quritilgan mevalar solib pishirilgan, dolchinli, jemli, qolaversa, shokolad pastali, «Lakomka» kremli, tvorog va olmali bulochkalar — Zira.uz taomnomasini yangilashni istaganlar uchun shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilari o‘z o‘quvchisi va talabasini qanday eslashadi?
1 oktabr 2022, 09:00

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilari o‘z o‘quvchisi va talabasini qanday eslashadi?

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» O‘zbekiston prezidentining maktab va institutdagi o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi. Ular Shavkat Mirziyoyevni sinfdoshlarini birlashtirgan, tartibli talaba, stol tennisi va texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan shaxs sifatida esga olishdi.

sentabr oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 sentabr 2022, 22:00

sentabr oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini aytgan TIV, Sergelida yoqib yuborilgan 25 ming quti tamaki, kutilayotgan yomg‘ir, odamlarni kaltaklab 15 sutkaga qamalgan blogerlar, texnikum hamda kollejga imtihonsiz kiradigan abituriyentlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlangan maktablar soni 16 taga yetdi
30 sentabr 2022, 17:29

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlangan maktablar soni 16 taga yetdi

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha 16 maktab ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlandi. «Gazeta.uz» shu paytgacha maktab ma’muriyati va mahalliy aholi toza ichimlik suvi yetishmasligi sababli qanday noqulayliklarga duch kelgani bilan qiziqdi.

Sinoptiklar oktabr oyida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
30 sentabr 2022, 17:21

Sinoptiklar oktabr oyida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi

oktabr oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari +13 darajadan 0…+5 darajagacha, kunduz kunlari +18…+23 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlar yomg‘irli bo‘ladi.

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi
30 sentabr 2022, 16:20

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 73-o‘rinni egalladi
30 sentabr 2022, 16:14

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 73-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2022 yilda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. Indeks mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi kabi masalalar asosida tuzilgan.

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi
30 sentabr 2022, 15:41

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Toshkent viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan 23 va 22 yoshli ayollar aniqlandi. Ular boshqa bir ayolni xorijga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj
30 sentabr 2022, 15:33

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida Ro‘ziboy Mamatov kichigi 30 kg, kattasi 65 kglik gigant oshqovoqlarni yetishtirdi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam dehqonning tomorqasidan fotoreportaj tayyorladi.

Kollej va texnikumda sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar imtihonsiz qabul qilinadi
30 sentabr 2022, 14:47

Kollej va texnikumda sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar imtihonsiz qabul qilinadi

2022−2023 o‘quv yilida kollej va texnikumga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘qish uchun hujjat topshirganlar imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Imtihonni faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar topshiradi.

Samarqandda mayning fermasi aniqlandi
30 sentabr 2022, 12:53

Samarqandda mayning fermasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermasi aniqlandi.

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi
30 sentabr 2022, 12:38

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi
30 sentabr 2022, 11:36

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada esa O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi
30 sentabr 2022, 11:19

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting