Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i, Qoraqalpog‘istonning birinchi prezidenti Dauletbay Shamshetovning o‘g‘li Polat Shamshetov taxminan yurak xurujidan vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha aybdor deb topilib, 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida avtokran qulab, uning mashinisti shifoxonada vafot etdi. Hodisa bo‘yicha maxsus tekshirish o‘tkazilib, xulosalar huquq-tartibot organlariga taqdim etilishi ma’lum qilindi.
Orolbo‘yi mintaqasida allergik kasalliklarni erta aniqlash va davolash yuzasidan «Allergiya va astma» maktablarini tashkil etish reja qilinmoqda. Nukus ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi qoshida tashkil etilayotgan maktablar aholi o‘rtasida bu turdagi xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
Farg‘onada Yaponiyaning Sansho kompaniyasi tomonidan chiqindini qayta ishlash korxonasi quriladi. 10 mln dollarlik loyiha Satkak qishlog‘ida 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2023 yil sentabrgacha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusovaga ko‘ra, Toshkentdagi 12 yashar qizning ayanchli o‘limi O‘zbekistonda bolalar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmaganini ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, pedofillarga nisbatan jazo turini kuchaytirish, ularga hech qanday amnistiya akti tuzilmasligi va afv etilmasligi kerak.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi uchta «xrushchyovka» ko‘p qavatli uylarni isitish loyihasi doirasida bazalt plitalari bilan qoplanmoqda. Maqsad — poytaxt aholisi chiroqsiz va issiqliksiz qolib ketgan qishki inqiroz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. «Gazeta.uz» ishlarning borishi va odamlar fikri bilan tanishdi.
Poytaxtda maktabdan qaytayotgan bolalarni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgani aytilgan videoxabar tarqaldi. IIVning aniqlik kiritishicha, xabarlar asossiz. Bolalar mashinaga muz bo‘lagini tepgan, avtomobildagi o‘quvchi esa ularni ichki ishlarga olib borishini aytib qo‘rqitgan.
O‘zbekiston bo‘ylab 308 ta dorixonada o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha, sotuvi taqiqlangan, Quramax Medical kompaniyasi olib kirgan dorilar sotuvi hamon davom etmoqda. Aholi bu dorilarni yuz bergan fojiali holatlarga qaramay, avvalgidek sotib olyapti, deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati xabarida.
Ildar Sadikov — toshkentlik janr va strit-fotosuratchilardan. U O‘zbekistonning chekka hududlariga ko‘p sayohat qiladi va mahalliy aholi hayotini suratga oladi. Shunday joylardan biri — Shahrisabzdan 70 km masofada joylashgan, o‘zgarmay kelayotgan arxitekturasiga beton xavf solayotgan Katta Langar qishlog‘idir.
Qovurdoq, satsebeli qaylasida pishirilgan mol go‘shti, xitoycha uslubda pishirilgan go‘sht, jarkop, chashushuli, Azu va boshqalar — Zira.uz o‘zbek hamda chet el oshxonasiga mansub mol go‘shtidan tayyorlangan mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Yuqori Chirchiq tumanida aholining jami 9 bosh qo‘yi va 2 bosh buzog‘ini o‘g‘irlagan 6 kishi ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Og‘ir ish haftasidan keyin dam olish — aqliy va jismoniy resurslarni to‘ldirib olish uchun juda yaxshi imkoniyat. Hordiq chiqarmaslik professional charchoqqa va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Xo‘sh, qanday qilib yaxshi dam olish mumkin? Javobni ushbu maqolada topishingiz mumkin.
Tirigi emas, o‘ligi tanilgan 12 yoshli qiz voqeasi, Toshkentda ochilgan gaz «zapravka»lar ro‘yxati, Nukus voqealari bo‘yicha navbatdagi sud, YeOII mamlakatlari bilan tashuvlarni soddalashtirishga intilayotgan O‘zbekiston, diniy qo‘shiq tarqatib 5 yilga qamalgan yigit va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qoraqalpog‘iston voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud jarayoni 6 fevralda boshlanadi. Ayblanuvchilar JKning «talonchilik», «ommaviy tartibsizliklar», «noqonuniy o‘qotar qurol saqlash» va boshqa moddalarida ayblanmoqda. Ba’zi ayblanuvchilarning qayerdaligi bir necha oy davomida noma’lum edi.
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi 1 fevralga o‘tar kechasi o‘zi yashagan uy oldidan topilgandi. Qizni qidirish ishlarida uni o‘ldirishda gumon qilinayotgan qo‘shni yigitning o‘zi ham qatnashgan. Qizning onasi prezidentga murojaat qilib, aybdorga «eng oliy jazo» tayinlanishini so‘radi.
Yanvar oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 511 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari talaba bo‘lgan. Hodisaga isitish tizimining tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘yida obyekt qurilishi davom etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoatchilik bunga qarshilik bildirdi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha ogohlantirishga qaramay jarayonni davom ettirgan. Hozirda qurilish ishlari to‘xtatildi.
Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qiz vafot etgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha birlashma shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
3 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 35 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati qayta tiklandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting