O‘zbekistonda sel, ko‘chki va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.
Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.
Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan ularga beriladigan imtiyozlardan foydalanishga yordamlashishini aytib, $1,5 ming olgan vaqtida ushlangan. Gumonlanuvchiga jinoyat ishi ochildi.
Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
Ikki kunda Toshkent va Namangan shaharlarida yurib ketayotgan Nexia avtomobillarida yong‘in chiqqan. Hodisalar oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Nukus shahridagi 4 qavatli uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yigit kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi. Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bordi.
Toshkent tumanidagi «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari uchun ishdan olindi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar imom-xatibning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib bormoqda.
Ispaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Toshkent va Samarqandda ispaniyalik rassom Pablo Pikasso asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida 48 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan 18 mln so‘m jarima hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln so‘mdan ortiq zarar miqdori hisoblandi.
Azal kompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi. Urganch ushbu aviatashuvchi parvoz qila boshlagan Toshkent, Samarqand va Farg‘onadan keyingi to‘rtinchi shahar bo‘ldi.
Angor tumanida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, «Tez yordam» mashinasi bilan to‘qnashgan 22 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir shu yoshdagi yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati masalalari bo‘yicha izlanish olib boradigan 3 ta ta’lim muassasasi: xalqaro institut, uning huzurida maxsus markaz va texnikum ochiladi. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonda 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn ariza berish orqali almashtirish imkoniyati yaratilmoqda. Buyurtma my.gov.uz sayti orqali beriladi. Buning uchun BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi.
Yakkasaroy tumanida Mercedes-Benz motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun yo‘lovchilarni tushirib, avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Qo‘mqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisining kartasidan 1,5 mln so‘m yechib olgan hamkasbi uni «1xBet» onlayn qimori uchun ishlatib yuborgani gumon qilinmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, 15 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Namangandagi Norin daryosining yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida ish olib borilyapti. Jarayonga 381 nafar xodim va 112 ta maxsus texnika jalb etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting