Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havo tufayli yo‘llarda kuzatilayotgan noqulayliklardan ogohlantirdi. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi anomal sovuq kunlarda uylarda qulay haroratni saqlagan holda isitish xarajatlarini qanday tejash mumkinligi bo‘yicha tavsiya berdi. Jumladan, isitish radiatorlarida kiyimlarni quritmaslik, mebelni radiatorlardan uzoqroq joylash kerakligi aytilgan.
Toshkent zooparki anomal sovuq kunlarda hayvonlar uchun qanday sharoit hozirlangani haqida ma’lumot berdi. Xususan, harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi, elektr uzilishi vaqtida generatorlar ishga tushadi. Ba’zi jonivorlar volerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yildi.
Qorli Toshkent ko‘chalarini tozalashga dekabr oyidagi vaziyatga qaraganda ko‘proq texnika (200 dan ortiq) va obodonlashtirish xizmati xodimlari (6 mingga yaqin) jalb qilingan. Kechasi asosiy ko‘chalar qordan tozalandi va qum-tuz aralashmasi sepib chiqildi.
Tabiat resurslari vazirligi bokschi Fazliddin G‘oibnazarov ishtirokidagi ov jarayonida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani va tabiatga zarar yetkazilganini tasdiqladi. Vazirlik sportchining sherigi ov qilish huquqiga ega ekanini qayd etdi. Biroq tarqalgan videoda bokschining ham quroldan o‘q uzgani aks etgan edi.
Tez tibbiy yordam avtomobillariga jarima belgilanayotgani va ular bekor qilinmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV va SSV holat bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilib, ushbu turdagi jarimalar bekor qilinishini ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10−15 yanvar kunlari kuzatiladigan anomal sovuqda chorva mollari va xo‘jalik ekinlarini qanday asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xususan, ekin maydonlari ustini plyonka qoplamalari bilan qoplash kerakligi keltirib o‘tildi.
Samarqand va Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisalar oqibatida 4 kishi vafot etdi.
Xalqaro toifadagi ekspert, matematik Shuhrat Ismoilov vafot etdi. Marhum 1-, 2-, 3- va 6-sinf matematika fani darsliklari muallifi bo‘lgan.
O‘zbekistonda 2022 yil dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu Sirdaryo viloyati aholisining bir haftalik elektr iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy holatlar ko‘proq Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Kompaniya jarayon 4−5 kundan ortiq davom etmasligini va’da qilgandi. Biroq 9 yanvar kuni jarayon yana uzaytirilgani ma’lum qilindi.
SSV tarmoqlarda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zidligini ma’lum qildi. «COVID-19`ga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgandi», — deyiladi xabarda. Vazirlik 15 dekabrdan buyon kasallanishlar statistikasini e’lon qilmay qo‘ydi.
O‘zbekistonga 9 yanvardan Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 10−15 yanvar kunlari anomal sovuq kuzatiladi. Bunday sharoitda keksalar va bolalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etildi. SSV, shuningdek, sovuqdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Toshkentda 4 yanvar kuni MAN A22 CNG avtobuslarining navbatdagi 16 donasi foydalanish uchun topshirilgandi. Yangi avtobuslar 6 ta yo‘nalishda harakatlanish uchun qatnovga chiqarildi.
Farzandi va xorijda yashayotgan o‘zbek bolalariga atab zamonaviy ertaklar kitobini chiqargan, asli kasbi iqtisodchi bo‘lmish muallif Sitora Usmonovani Berlindagi o‘zbeklar yaxshi taniydi. U «Gazeta.uz» bilan suhbatda yozuvchilikdan maqsadi havas yoki daromad topish emas, butunlay boshqa ekanligini so‘zlab berdi.
Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.
Tijorat banklari 9 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 355 so‘m.
Amaldagi sanitariya-epidemiologik normalariga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, maktablarda dars soatlari qisqaradi.
Control Union Quality kompaniyasi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalar uchun xalqaro miqyosda sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi.
«Dok-1 Maks» iste’moli natijasida bolalarning hayotdan ko‘z yumgani O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolar mavjudligini ko‘rsatib berdi, deya ma’lum qildi «Yuksalish» harakati. U dorilarni nazoratsiz qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish va OAVda ular reklamasini cheklashni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting