1 dekabrdan boshlab yashil va qizil yo‘lak tamoyili Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo‘l-patrul xizmati statsionar postida joriy etildi. Endi to‘lanmagan jarimasi bor, ortiqcha yukli, sug‘urta polisi muddati tugagan va boshqa kamchiliklari bor avtomobil haydovchilari Qamchiq dovonidan harakatlana olmaydi.
Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zgidromet Navoiy viloyatning shimoliy hududlarida anomal sovuq havo kuzatilayotganini ma’lum qildi. Xususan, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida −11…−14 daraja, Shimoliy Qizilqum hududlarida esa −20…−23 daraja sovuq harorat qayd etildi.
Shahrisabzda o‘quvchi qizlar yupun kiyingan holda hokimiyatning kechki tadbiriga jalb qilindi. XTV holatni hududdagi har bir mutasaddining aybi deya hisobladi. Shahar hokimligi esa qizlar ota-onalarning taklifi bilan tadbirda raqs tushganini bildirib, bu ularga «achchiq saboq bo‘lganini» ma’lum qildi.
“Aloqabankning” Zoomrad ilovasida siz depozitsiz va komissiyasiz Visa va Humo virtual kartalarini ochishingiz, xaridlar va xizmatlar uchun pul o‘tkazishingiz mumkin.
Tarmoqlarda Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning tadbirkorni so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Viloyat hokimi o‘tkazgan odob-axloq qoidalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishida hokimga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi va barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi.
Toshkent viloyati Angren shahrida sobiq hokim yordamchisi ov quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. 4 farzandi bo‘lgan marhum oxirgi paytlarda otasining vafoti tufayli tushkun kayfiyatda yurgani aniqlandi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektorini o‘z mashinasida ayol kishi bilan suhbatlashib o‘tirganida, ayolning eri rashkdan pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB marhum ayol chaqiruviga binoan borgani, qotillik mashinada emas, tayanch punktida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Oktabrda amputantlar o‘rtasidagi jahon kubogida 3-o‘rinni olgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kunida Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi. Avvalroq jamoa a’zolari 3-o‘rin uchun 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilganiga norozilik bildirgandi.
Dauletmurat Tajimuratov suddagi ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston deputatlari nima uchun suverenitetdan voz kechish haqida qaror qabul qilganini aniqlashga qanday uringani va miting o‘tkazishga qanday chorlagani haqida gapirib berdi.
Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.
Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade o‘z maqolasida nogironligi bo‘lganlarga nisbatan xayriya ko‘rinishidagi yondashuvlardan voz kechib, inson huquqlarini asosiy o‘ringa qo‘yadigan huquqiy yondashuvga o‘tishga chaqirdi.
Juma kuni O‘zbekistonda 156 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (oldingi kun — 159 kishi). Eng ko‘p bemor poytaxtda aniqlandi — 82 nafar. Toshkent viloyatida esa — 15 kishi, Samarqandda — 14 kishi kovidga chalingani ma’lum bo‘di.
Jemli, apelsinli o‘rama pirog, qahvali hamda murabbo solib pishirilgan xamirturushli pirog, yong‘oq-mayizli yoki olma-sitrus mevali pirog va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy piroglar ro‘yxatini taqdim etadi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasini sizga yetkazamiz.
Nukus voqealarida ayblanayotganlarning sudini kuzatayotgan Yevropa Ittifoqi, Samarqandda uydan topilgan ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi, talabalarga poyezd chiptalari uchun 50% chegirma, O‘zbekistonda AES loyihasini tezlashtirishga chaqirgan Rossiya bosh vaziri va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot vakili Gulnoz Mamarasulova Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni haqida fikr bildirdi. Tajimuratov boshqa sudlanuvchilarning ayblarini tasdiqlaydigan, ularga qarshi ishlovchi savollarni bermoqda, unga nisbatan ham ayni shunday harakat qo‘llanilmoqda, dedi u.
O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi, deya ma’lum qildi SSV. Uning inkubatsiya davri qisqaroq — 2−3 kun. Alomatlari — tomoq og‘rig‘i, isitma, kuchli bosh va mushaklar og‘rig‘i, kon’yunktivit, tonzillit va otit.
Faol ijtimoiy siyosatga qaramay, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi sezilarli o‘smoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev shu mavzudagi maqolasining birinchi qismida hududlararo daromadlar tengsizligining sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, bunday keskinlashuvga hukumat ham bevosita hissa qo‘shyapti.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi ularning o‘limiga «noma’lum etiologikdan zaharlanish» sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting