Jamiyat

14-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
14 noyabr 2024, 23:02

14-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

AQSh ko‘magida qayta tiklanadigan Sherdor madrasasi, Qozog‘iston bilan bog‘lovchi birinchi temiryo‘l sayohati dasturi, Piskent avtopoligonida yuzaga kelgan navbat, mini sputniklar uchirgan maktab o‘quvchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi
14 noyabr 2024, 21:09

Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi

“O‘zbekkosmos” agentligi CanSat mini sun’iy yo‘ldosh sinov parvozlarini tashkil etdi, unda 100 dan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Modullar dron yordamida 500 metrgacha balandlikka ko‘tarildi, u yerda balandlik, harorat va bosim haqidagi ma’lumotlar qayd qilindi.

Qarshida Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi
14 noyabr 2024, 20:30

Qarshida Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi

Qarshi aeroportida bojxonachilar 116 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Qimmatbaho buyumlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirildi.

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi
14 noyabr 2024, 17:46

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi

DXX raisining buyrug‘i bilan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.

“O‘zmilliybank” AJ zargarlik loyihalariga turkiyalik investorlarni jalb qilmoqda
14 noyabr 2024, 17:00

“O‘zmilliybank” AJ zargarlik loyihalariga turkiyalik investorlarni jalb qilmoqda

“O‘zmilliybank” AJning NBU Invest Group kompaniyasi va Turkiyaning Pala Golden Jewellery kompaniyasi o‘rtasida Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Toshkentda 199 mln so‘mlik antibiotiklarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
14 noyabr 2024, 16:02

Toshkentda 199 mln so‘mlik antibiotiklarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Yunusobod tumanida qiymati 199 mln so‘mlik 10 ming quti antibiotikni noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi. Gumonlanuvchilar xorijda ishlab chiqarilgan dorilarni sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotishga uringan.

Samarqanddagi Sherdor madrasasining fasadi AQSh ko‘magida qayta tiklanadi
14 noyabr 2024, 15:29

Samarqanddagi Sherdor madrasasining fasadi AQSh ko‘magida qayta tiklanadi

AQSh Madaniy merosni asrab-avaylash jamg‘armasi Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Samarqanddagi Sherdor madrasasida konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshiradi. 500 ming dollarlik loyihaga mahalliy hunarmandlar va xorijlik mutaxassislar taklif etiladi.

Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?
14 noyabr 2024, 13:37

Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?

M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.

Samarqandda avtobus urib yuborgan 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
14 noyabr 2024, 12:44

Samarqandda avtobus urib yuborgan 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Samarqandda avtobus haydovchisi maktab yaqinida yo‘ldan o‘tayotgan 3-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola voqea joyida halok bo‘ldi. Suratda yo‘lni ajratib turuvchi chiziqda maktab o‘quvchisining maketi o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. “Gazeta.uz” bunday maketlar xavfni kamaytirishi o‘rniga oshirishi haqida ko‘p yozgan.

Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
14 noyabr 2024, 12:38

Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berishni boshlaydi. Shuningdek, adaptiv sport turlari ommalashtiriladi va rivojlantiriladi.

Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
14 noyabr 2024, 12:09

Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryo viloyatida YTH sodir etgan haydovchiga dastlabki tekshiruv materiallarini uning foydasiga hal qilish va avtomobilni jarima maydonchadan qaytarib olishga ko‘maklashishni aytib, 400 dollar so‘ragan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Samarqandda o‘quvchi qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda
14 noyabr 2024, 09:47

Samarqandda o‘quvchi qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda

Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisini o‘g‘irlash va zo‘rlashda gumonlanuvchilar 9 nafar bo‘lib, ularning orasida prokuratura xodimi ham bor. Ularning 8 nafari qo‘lga olingan, deb xabar qildi Bosh prokuratura.

School 21 hamkorlar uchun ta’lim loyihalari taqdimotini o‘tkazdi
14 noyabr 2024, 09:00

School 21 hamkorlar uchun ta’lim loyihalari taqdimotini o‘tkazdi

School 21 da 50 dan ortiq maktab hamkorlari, jumladan, IT kompaniyalari va universitetlarni birlashtirgan ta’lim mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil oktabrida: Vayronkor “Obod mahalla”, “Lolazor”dagi vazir, o‘zbeklar YouTube’da qancha pul topadi?
13 noyabr 2024, 20:37

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil oktabrida: Vayronkor “Obod mahalla”, “Lolazor”dagi vazir, o‘zbeklar YouTube’da qancha pul topadi?

“Gazeta.uz” YouTube’da o‘zbekistonliklar tayyorlagan kontent sarhisobini yuritishda davom etadi. Oktabrda piyoda sayohatchilar va sport sharhlovchilari trendda bo‘ldi, ayrim blogerlar YouTube’da qancha pul topishini aytib berdi. Nobel sovrindori O‘zbekistonga, O‘zbekiston energetika vaziri esa “Lolazor”ga keldi.

Andijonda 9 yoshli qiz Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi
13 noyabr 2024, 17:05

Andijonda 9 yoshli qiz Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi

Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Qonuniy tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda Biznes ombudsmanga xabar berish so‘raldi
13 noyabr 2024, 15:27

Qonuniy tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda Biznes ombudsmanga xabar berish so‘raldi

Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.

Birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasi o‘rnatildi
13 noyabr 2024, 14:29

Birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasi o‘rnatildi

Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. 12-noyabr kuni yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10,6 mln so‘mga yetgan bo‘lsa, cheklovlar joriy etilgandan so‘ng kotirovkalar o‘rtacha 10 foizga pasaydi.

Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?
13 noyabr 2024, 13:39

Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?

Isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, grippdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylash yanglish xulosadir, deb ta’kidlaydi SSV. Vazirlik kasallikdan qancha vaqtda to‘liq xalos bo‘lish va xastalikdan so‘ng nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Surxondaryoda mashinasida tojikistonlik narkokur’erdan olingan 50 kg “gashish” topilgan shaxs qamoqqa olindi
13 noyabr 2024, 11:32

Surxondaryoda mashinasida tojikistonlik narkokur’erdan olingan 50 kg “gashish” topilgan shaxs qamoqqa olindi

DXX Uzun tumanida mashinasida tojikistonlik narkosavdogardan olingan 50 kg 567 g “gashish” olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Farg‘onada esa 52 yoshli shaxs muqaddam tojikistonlik narkokur’erlar qoldirib ketgan joydan deyarli 5 kg narkotikni olganidan so‘ng ushlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha tergov ketmoqda.

Yunusabad Residence va Onix 10% boshlang‘ich to‘lov va yillik 15% stavka bilan ipoteka taklif qilmoqda
13 noyabr 2024, 11:00

Yunusabad Residence va Onix 10% boshlang‘ich to‘lov va yillik 15% stavka bilan ipoteka taklif qilmoqda

Yunusabad Residence va Onix’dagi yangi kottejlar endi 10 foiz boshlang‘ich to‘lov va yillik 15 foiz stavkada ipotekaga mavjud.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting