Jamiyat

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi
21 yanvar 2022, 11:27

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi

2024 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani ham kiritiladi. 2022−2023 o‘quv yilidan 6 ta OTMlarda chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida 50 foizlik ustama to‘lanadi.

Toshkentda «tez yordam» chaqiruvlari bemorlarning ahvoliga qarab saralanadi
21 yanvar 2022, 11:01

Toshkentda «tez yordam» chaqiruvlari bemorlarning ahvoliga qarab saralanadi

Toshkent tez tibbiy yordam xizmatining call-markazida chaqiruvlarini bemorning ahvoliga qarab saralash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endi «tez yordam» og‘ir ahvoldagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, ahvoli yengil bemorlarga esa oilaviy poliklinikalarning mobil brigadalari yuboriladi.

Bog‘chalar yopilmaydi, lekin karantin talablari kuchaytiriladi
21 yanvar 2022, 10:41

Bog‘chalar yopilmaydi, lekin karantin talablari kuchaytiriladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin talablari kuchaytiriladi. Koronavirus holatlari aniqlangan bog‘cha guruhlari SanEpidxizmat xulosasiga ko‘ra vaqtinchalik karantinga yopiladi. Davlat MTTlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi.

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi
21 yanvar 2022, 10:30

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi

Ketma-ket uchinchi kun antirekord qayd etildi — payshanba kuni 1321 kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natijani ko‘rsatdi. 3 nafar bemor esa virus asoratlaridan vafot etdi.

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi
21 yanvar 2022, 10:22

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi

Poytaxt IIBB Toshkentda avtomobilga qarata o‘q uzgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Barcha OTM, kollej va litseylar masofaviy ta’limga o‘tkazildi
20 yanvar 2022, 22:06 1

Barcha OTM, kollej va litseylar masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 24 yanvardan barcha oliy davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda masofaviy ta’lim jarayonlari boshlanishini ma’lum qildi. Chiptalar chegirmalar saqlanib qolgan holda boshqa muddatlarga almashtirib beriladi.

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 yanvar 2022, 22:00

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadigan «Zakovat» intellektual o‘yini g‘olib va sovrindorlari, vaksina olmagani uchun ishdan chetlatilgan 41 ming xodim, ketma-ket antirekordni urayotgan koronavirus, «Sabriya» serialiga munosabat bildirgan «Sevimli» TV rahbari Amira Rashidova va Firdavs Abduxoliqov, 5 yoshdan oshganlarga emlanish uchun ruhsat berilgani, har bir mahallada joriy etiladigan yoshlar yetakchisi lavozimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 20 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Maktablar onlayn formatda ish boshlaydi
20 yanvar 2022, 21:50

Maktablar onlayn formatda ish boshlaydi

Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi koronavirusning omikron shtammi tufayli davlat va xususiy maktablarda o‘qishlar 24 yanvardan boshlab bir oy davomida onlayn formatda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Darslar Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi.

2021-yilda 2804 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan
20 yanvar 2022, 18:42

2021-yilda 2804 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan

Bosh prokuratura 2021-yilda 2804 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganini, ularning jinoyati oqibatida esa davlatga 913,7 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetganini ma’lum qildi. Mansabdorlarning 1741 nafari rastrata, 269 nafari firibgarlik, 165 nafari pora olish va berish, 41 nafari mansab soxtakorligi kabi jinoyatni sodir etgan.

5 yoshdan katta bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi
20 yanvar 2022, 17:23

5 yoshdan katta bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ham koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlangan va bolalar 0,1 ml doza “Pfizer” vaksinasi bilan emlanadi.

3 yarim oyda vaksina olmagani uchun jami 41 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatilgan
20 yanvar 2022, 17:16

3 yarim oyda vaksina olmagani uchun jami 41 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatilgan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati 2021 yilning 1 oktabridan beri respublika bo‘yicha 56 mingdan ko‘proq budjet va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarda tekshiruvlar o‘tkazgan. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 41 179 nafar ishchi-xodimlar vaqtincha ishdan chetlatilgan, 4 139 ta holatda esa ish beruvchi jarimaga tortilgan.

«Zakovat» intellektual o‘yini g‘olib va sovrindorlari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi
20 yanvar 2022, 16:56

«Zakovat» intellektual o‘yini g‘olib va sovrindorlari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi

Prezident qarori bilan «Zakovat» intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar hamda OTM talabalari ta’limning keyingi bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga tutash hududda «Zakovat intellektual o‘yinlari klubi» uchun alohida bino hamda «Intellektual o‘yinlar shaharchasi» barpo etiladi. Qolaversa, «Zakovat» stipendiyasi joriy etiladi.

Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi
20 yanvar 2022, 15:36

Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi

Hukumat qarori bilan IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi, uning o‘rniga topilmalarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish bo‘yicha xizmatlar DXM tomonidan ko‘rsatiladi. Topilmalar 6 oygacha saqlanadi, agar bu vaqt ichida egasi aniqlanmasa, ashyo davlat mulkiga o‘tadi va auksionda sotib yuboriladi.

MB 200 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda
20 yanvar 2022, 14:58

MB 200 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda

Payshanba kuni Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming so‘mlik banknotalarni ishlab chiqarish reja qilinayotganini ma’lum qildi. Yangi kupyuralar 2024 yildan muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

“Yovuzlikni ko‘rsatmay yashaydigan zamonda emasmiz”. “Sevimli” TV rahbari — “Sabriya” seriali haqida
20 yanvar 2022, 14:41

“Yovuzlikni ko‘rsatmay yashaydigan zamonda emasmiz”. “Sevimli” TV rahbari — “Sabriya” seriali haqida

“Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Sabriya” serialidagi behayo epizodlarga nisbatan bildirilgan tanqidlardan so‘ng, telekanal rahbari Amira Rashidova munosabat bildirdi. “Yovuzlikni ko‘rsatmay, yomon odamlarning borligini berkitib yashaydigan zamonda emasmiz”, — dedi u. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov esa serial “haqiqatdan ham badiiy va mazmunan sayoz” ekanligini tan oldi.

Bir yil ichida 518 nafar o‘zbekistonlikning jasadi xorijdan olib kelindi
20 yanvar 2022, 12:40

Bir yil ichida 518 nafar o‘zbekistonlikning jasadi xorijdan olib kelindi

O‘tgan yili Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan. Shuningdek, agentlik og‘ir ahvolga tushib qolgan 321 nafar fuqaroning vatanga qaytishiga ham yordam bergan.

Bunyod Abdullayev Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbarligiga qaytdi
20 yanvar 2022, 12:25

Bunyod Abdullayev Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbarligiga qaytdi

Bunyod Abdullayev oradan qariyb 1 yil o‘tib, Ekologiya davlat qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari lavozimiga qayta tayinlandi. U 2021-yilning fevralida ishdan bo‘shatilgandi.

O‘zbekistondagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi
20 yanvar 2022, 11:54 2

O‘zbekistondagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi

Prezident qaroriga asosan maktablardagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, uning o‘rniga respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Ularga mahalladagi xonadonlar soniga qarab, 4 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi. Har chorakda eng ilg‘or 100 nafar yetakchi esa bir oylik maoshga teng pul mukofoti hamda «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

“Vaqf” fondi 2021-yilda qariyb 70 mlrd so‘mni xayriya qildi
20 yanvar 2022, 11:18

“Vaqf” fondi 2021-yilda qariyb 70 mlrd so‘mni xayriya qildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘tgan yili xayriya, zakot, diniy tashkilotlar, aksiyalar, homiylar va hamkor tashkilotlardan kelib tushgan 69 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriyaga yo‘naltirdi. Shundan 36 mlrd so‘mdan ko‘prog‘i masjidlar va ziyoratgoh xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, qariyb 7 mlrd so‘mi nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga yordam berishga, yana 10 mlrd so‘mi pandemiya davrida diniy soha vakillarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarflangan.

Chorshanba kuni 1307 kishida koronavirus aniqlandi
20 yanvar 2022, 10:27

Chorshanba kuni 1307 kishida koronavirus aniqlandi

Ketma-ket ikkinchi kun antirekord yangilandi, chorshanba kuni yana 1307 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi. Yana 4 nafar bemor virus asoratlari oqibatida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting