Dubaydagi The Sevens Stadium stadionida 29-noyabrdan 1-dekabrgacha Emirates Dubai 7s festivali bo‘lib o‘tadi. Festival regbi, netbol va kriket bo‘yicha sport musobaqalarini yorqin musiqiy shoular bilan birlashtiradi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 83 yoshli fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi.
Yashnobod tumanida yo‘l qurilish ishlari sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh qismi 5-dekabrgacha yopiladi.
Uzbekistan Airways’ning HY101 “Toshkent — Nyu-York” reysi ikkinchi marta manzilga yeta olmadi. Ertalab samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Toshkentga qaytgandi. Keyinroq u yo‘lovchidagi erta to‘lg‘oq tufayli Kanadaga qo‘ndi.
AQShda boshlanayotgan prezidentlik saylovlari, 1 mln dollar pora bilan ushlangan Chirchiq “zamhokimi”, TDT sammiti uchun Bishkekka borgan Mirziyoyev, chiqindidan elektr ishlab chiqarish uchun quriladigan 8 ta zavod va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezidentga ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi. Bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi, muassasa so‘nggi chora bo‘ladi. Davlat rahbari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari hokimlik zaxirasidagi 20 ga yerni auksionga chiqarib, egalik huquqini rasmiylashtirishda yordam berishini aytgani va bu uchun 1 million dollar pora olgani aniqlandi. U qamoqqa olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 7-noyabrgacha davom etadi. Avvalroq to‘ldirish muddati 5-noyabrda yakunlanishi xabar qilingandi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan.
“Yallama” chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi mamlakatga taqiqlangan tovar olib kirgan odamdan yordam evaziga $1300 olgani ma’lum bo‘ldi. Xodim firibgarlik, pora berishda ishtirok etishda ayblanib qamoqqa olindi. DXX viloyatda yana boshqa pora olgan MIB, soliq organi xodimlarini qo‘lga oldi.
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida 6,7 kg miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Namangan shahrida ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasida YTHga uchradi. Ular mashinani 150 ming so‘mga vaqtincha ijaraga olgan. Bir oycha avval xuddi shu shaharda ijaradagi avtomobilda avariyaga uchragan 3 nafar bola vafot etgandi.
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi. Hodisa sabab dovon yo‘li vaqtincha yopildi.
Sud 51 yoshli o‘zbekistonlikni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U advokat Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashni taklif qilganini aytdi. Erkak dron tomonidan tashlangan snaryadning portlashi oqibatida yaralangan.
Toshkentdan Nyu-Yorkka soat 06:47 da uchib ketgan samolyot yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgani sababli uchib ketish aeroportiga qaytdi. Yo‘lovchi tibbiy muassasaga jo‘natildi. Reys Toshkentdan 09:30 da qayta uchib ketdi.
H3C va UNICON.UZ data markazlarida bulutli texnologiyalar uchun yechimlar joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihani olib bormoqda.
O‘zbekistonning 4 ta hududida jinoyat ishidagi ayblanuvchilarga mansabdor tanishlari orqali qamoqdan ozod qilish, yengilroq jazo tayinlashda yordam berishini aytib pora olgan advokatlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Namangan shahridagi ko‘mir ombori mas’ul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 4,1 mlrd so‘mlik 13,3 ming tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlandi.
Toshkentda 7-noyabrdan boshlanadigan isitish mavsumi, ish haqi, pensiya va nafaqalarni oshirish rejasi, JSTga qo‘shilish bo‘yicha AQSh bilan yakunlangan muzokaralar, O‘zbekistonning Rossiyaga energiya qaramligini “xatar” deya atagan MB raisi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting