2024 yilgacha barcha davlat organlari va muassasalarida rahbarning kamida bitta o‘rinbosari ayol kishi bo‘ladi. Bu prezident farmonida nazarda tutilgan.
Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi fuqarodan 60 sotix yer maydonini olib berish evaziga 5,5 mln so‘m so‘ragani xabar qilindi. U pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
1 maydan O‘zbekistonda «Avtomobil tarixi» davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi. U avtomobilning agregat ma’lumotlari, bosib o‘tgan masofasi, YTH sodir etilganligi, taqiq bor-yo‘qligi va boshqa axborotlarni o‘z ichiga oladi. Xizmat narxi BHMning 10 foizini tashkil etadi.
Ukrainaning urush ketayotgan hududlaridan evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar, plastik kartalardan pul o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi, avtomobil oldi-sotdisini notarial rasmiylashtirganlik uchun davlat boji kamaytirilishi, Olimpiya shaharchasi loyihasi, yashin urgan 3 nafar qashqadaryolik va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryoda «Sho‘rtangazkimyo» MCHJning Tashqi suv ta’minoti nasos stansiyasi xodimi 6 tup sog‘lom, 4 tup sanitar holatini yo‘qotgan qayrag‘och daraxtini tag qismidan kesib tashlagani aniqlandi. Buning oqibatida u tabiatga 32,4 mln zarar yetkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar sudga yuborildi.
Qashqadaryoning qator tumanlarida kuchli shamol binolarning tomini uchirib, simyog‘ochlarning qulashiga sabab bo‘ldi. Uch kishi jarohatlandi. Avvalroq, viloyatning Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urgani, ulardan birining vafot etgani xabar qilingan edi.
Hukumat qarori bilan Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga Avazjon Karimov tayinlandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari bir qator davlat boji miqdorlarini kamaytirishga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, hujjatda barcha avtomobillarning oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirganlik uchun davlat bojini yagona — 810 ming so‘m, «gendovernost» uchun esa — 540 ming so‘m etib belgilash nazarda tutilgan.
Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urdi. Natijada ulardan biri vafot etdi, qolgan ikkisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Endilikda plastik kartalar va bank hisobraqamlardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 168 va 169-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.
O‘zgidromet Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek shamol tezligi 12−14 m/sgacha kuchayishini ma’lum qildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga ikkinchi A321neo NX havo kemasi olib kelindi. Samolyot Toshkent — London, Toshkent — Seul, Toshkent — Kuala Lumpur kabi yo‘nalishlarda qatnovni amalga oshiradi.
Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi «Dunyo» axborot agentligi nomi o‘zining avvalgi «Jahon» nomiga qaytariladi. Agentlik ushbu qarorni «Dunyo» yoki unga o‘xshash nomlarga ega ko‘plab tuzilmalar paydo bo‘lgani bilan izohladi.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 100 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi quriladi. Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).
Uzbekistan Airways «yo‘lovchilar orasida talabning ortishi» munosabati bilan Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni joriy qilmoqda.
Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5037 nafarga yetdi. Sumi shahridan 23 nafar talaba evakuatsiya qilingan. TIV evakuatsiya ishlarida asosiy e’tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilganini ma’lum qildi.
15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Tojikiston hukumati MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olishni boshladi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2 mln 257,6 ming doza Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.
Poytaxt aholisi xotin-qizlarni bayram bilan qanday tabriklayotgani haqida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
7-mart kuni 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu so‘nggi 12 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting