Samarqandda AQShga jo‘natish uchun uy-joy, Jizzaxda Janubiy Koreyaga yuborishga — 12,600 dollar talab qilganlar qo‘lga olindi. Shu kabi holat Toshkentda ham sodir bo‘ldi. Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
2025-yil uchun davlat budjeti parametrlari, darsliklar ijarasi to‘lovini qayta joriy rejasi, O‘zbekistonda ochiladigan Yaponiya universiteti, Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda Yaponiyaning Sukuba universiteti ko‘magida yangi xalqaro universitet ochilishi mumkin. Universitet rektori Nagata Kyosuke vazirliklar rahbarlari bilan uchrashuvda yangi universitet uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va o‘qitishga yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Samsung o‘z mahsulotlarida sun’iy intellektdan foydalangan holda bir qator yangiliklarni taqdim etadi.
Yashnobod tumanida Tracker va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida skuter haydovchisi jarohatlandi.
Tashkent Medical Park mutaxassislari siydik chiqarishda e’tiborga olish mumkin bo‘lgan noxush alomatlar va og‘riqlar haqida gapirib berdi.
O‘zbekiston jamoasi ijtimoiy loyiha ustida ishlash doirasida TechWomen dasturida g‘alaba qozondi. Bu 9 yillik ishtirok davomidagi ilk g‘alaba hisoblanadi.
Tashkent invest kompaniyasi poytaxtga to‘rtta kirish darvozasining eskiz loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov e’lon qildi. Arizalar 7-noyabrgacha qabul qilinadi. Qurilish ishlari 2024-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
20-oktabr kuni Xitoyning Uhan shahrida joylashgan Chery shtab-kvartirasida Tiggo 9 Ultimate Safety Exploration Tour nomli marosim bo‘lib o‘tdi.
“HET” 1-noyabrdan chiqindi xizmatidan qarzi borlarning elektr energiyasi uzilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Ushbu sanadan boshlab chiqindi xizmatidan 3 oylik qarzi bo‘lgan shaxslarga “svet” uchun to‘lovlar qabul qilinmasligi rejalashtirilgandi. Biroq, buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish zarur.
30-oktabrdan boshlab fuqarolar Uzum Bankdan bepul xizmat ko‘rsatish, keshbek va vositachilik haqisiz o‘tkazmalar bilan Visa virtual kartasini rasmiylashtirishlari mumkin.
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni o‘tgan deputatlik saylovlarida bir kishiga bir qancha byulleten bergan Dang‘ara tumanidagi 541-saylov uchastkasi saylov komissiyasi a’zosi sudlandi. Sud unga 375 ming so‘m jarima jazosini tayinladi.
Farg‘ona viloyati hokimi qarori bilan viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lov 3000 so‘m etib belgilandi. Agar yo‘l haqi kartadan to‘lansa, 2400 so‘m bo‘ladi.
2024-yil 23−25-oktabr kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida Avtomechanika Tashkent 2024 bo‘lib o‘tdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yo‘lning chetki chap qismida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi. 2022-yil 1-maydan yuk mashinalariga yo‘lning chap tomonidan harakatlanishi taqiqlangan, ammo jarima ko‘zda tutilmagandi.
Shtati yana qisqarayotgan vazirlik va idoralar, 2025-yil uchun tashqi qarzning cheklangan hajmi, to‘g‘ridan to‘g‘ri mahalliy budjet hisobiga tushadigan soliq tushumlari, ko‘proq real daromad topayotgan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Toshkent shahridagi bog‘chada 6 yoshli bolaga ota-onasining ruxsatisiz ayollar kiyimini kiydirib, pardoz qildirgan va qizlarga xos raqsga tushirgan tarbiyachi ishdan olindi. Bolaning otasi bu o‘g‘lining qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblagan.
Namangan viloyatidagi shu vaqtgacha ichimlik suv masalasida muammolari bo‘lgan Soycha qishlog‘ida 2 mln dollarlik xalqaro loyiha doirasida suv infratuzilmalari qurildi. U o‘nlab qishloqlar orasidan bir necha mezonlarga ko‘ra tanlab olingan. Loyiha 2026-yilga qadar davom etadi.
Toshkent tumanidagi 42 ming 948 ta xonadon 10 soat davomida gaz ta’minotidan uziladi. Bu vaqtda gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalar qishki diafragmalarga almashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting