Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz O‘zbekiston tomoni besh oydan beri prezident nomidan va’da qilingan pul mukofotini to‘lamayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari uchun roman tarjimasining 1000 nusxasini sotib olishga va’da berilganini, bu ham bajarilmayotganini ta’kidladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqarmasi vakili «masala kun tartibida», deb izoh berdi.
Avtobloger Bobur G‘aniyev huquq -tartibot idoralari xodimlarini haqorat qilgani va ularning talablarini bajarmagani uchun 15 kunga qamalganidan so‘ng YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. U o‘z qarorini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va kanalni saqlab turishga ulgurmasligi bilan izohladi. Videomurojaat paytida u qo‘lga olinayotganda va hibsdaligida egnida bo‘lgan ustki kiyimini yoqib yubordi.
Hukumat O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan, umumta’lim maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish tartiblari belgilandi.
Prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘lishi, yangi imzolangan qaror va farmonlar, prezident saylovi tarixida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan birinchi teledebat — “Gazeta.uz"ning 18 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yerto‘ladad do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Yerto‘lalar faqat kvartira egalarining roziligi bilan ajratiladi.
10 kun oralig‘ida poytaxt tez yordam xizmatiga bemor bolalar bo‘yicha kelib tushgan chaqiriqlar soni 13 ming 820 taga yetdi. oktabr oyida bolalar bo‘yicha shahar tez yordamga bo‘layotgan kunlik murojaatlar o‘rtacha 1300−1500 tani tashkil qilmoqda.
Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Ularga «qamoq» va «uy qamog‘i» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Prokuratura jinoyat ishini sudga oshirdi.
AQSh hukumati O‘zbekistonga 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasini yetkazib berdi. Oy oxirigacha mamlakatga ushbu vaksinadan yana 274,5 ming doza olib kelinadi.
Lactalis barcha turdagi sut mahsulotlarini sotishni va O‘zbekiston bozorida sut ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biriga aylanishni rejalashtirmoqda.
Payshanba kuni O‘zbekistonda ob-havo sovuqlashib, +18 daraja iliq bo‘lishi, dam olish kunlari esa kunduzi +13 darajacha tushishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ib, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Bundan tashqari, shamol tezligi kuchayishi, ayrim viloyatlarda tuman tushishi ham mumkin.
Farg‘ona viloyati hokimi So‘x tumanida qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. 7 gektar maydonda joylashgan aerodrom loyihasi avvaliga 12 mlrd so‘mga baholangan edi, qurilish yakuni bo‘yicha budjetdan 6,8 mlrd so‘m ajratilgani aytilmoqda.
1 oktabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 4 mln 8 ming 843 kishi yashab kelmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 3,8 mln kishi, Qashqadaryo viloyatida 3,3 kishi istiqomat qiladi. Toshkent shahrida 2,8 mln kishi doimiy yashamoqda.
2022 yil 1 oktabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi. Shuningdek, keyingi yilning 1 iyuliga qadar 7 ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari tashkillashtiriladi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi. Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab OTMda bastakor, san’atshunos va ovoz rejissyorlari tayyorlanadi.
Hair Boss studiyasi Benefit qizil kartochkasi xizmatlarini taklif qiladi. Ushbu karta belgilangan va bir yil davomida o‘zgarmaydigan narxda uchta zonani lazerli epilyatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.
O‘zbekiston bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 501,6 mlrd so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilindi.
YTH oqibatida kimdir halok bo‘lgani haqidagi xabarlar kunda chiqib turibdi. Ko‘plab bolalar ham yo‘llardagi halokatlar qurboni bo‘lishmoqda. Shunga qaramasdan, deputatlar tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdorini pasaytirishni taklif qilishdi. Og‘abek Samisov YTHlarning sabab va oqibatlariga e’tibor qaratdi.
Laxmajun, yasmiqli krem-sho‘rva, revani va simitlar, burek yoki yong‘oqli pirog — Zira.uz turk oshxonasining taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting