Hafta davomida O‘zbekistonda kuchsiz va biroz shamollar bilan barqaror quruq ob-havo saqlanib turadi. oktabr oyining birinchi kunlarida sovuq havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Havo harorati kunduz kunlari +15…+20 darajagacha pasayadi.
Yunusobod tumanida Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talablarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi maktab o‘quvchilari uchun ham bepul ovqatlanish tizimini joriy etishga va’da berdi. “Biz buni autsorsing tizimida, korrupsiyadan xoli tashkil etishni ishlab chiqamiz”, — dedi u.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSh dollari evaziga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Juda ko‘p miqdorda firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi. Muassasaga belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar har yili 5-sinfga qabul qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farg‘ona filiallarida velosport turlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Bo‘stonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi.
Juma kuni 508 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi, 6 nafar bemor vafot etdi. So‘nggi 1 hafta ichida kasallikdan vafot etganlar 26 kishini tashkil qildi.
Quyuq sho‘rva, qovoqda pishirilgan jarkop, tatarcha burma, rulet, keks va somsa — Zira.uz qovoqdan tayyorlasa bo‘ladigan taom va desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
2021 yilning birinchi yarmida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya huquqbuzarliklari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Umumiy zarar miqdori 592,5 mlrd so‘mga baholandi, vaholanki bu ko‘rsatkich o‘tgan yil davomida 500 mlrd so‘mni tashkil etgan edi. Eng ko‘p holatlar — SSV, XTV va bank sektorida.
Shavkat Mirziyoyevning samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvi, IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalana boshlashi, “Adolat” partiyasi fraksiyasi tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qilishi — “Gazeta.uz"ning 24 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qonunchilik palatasi deputatlari tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan tadbirkorlar va yerlari sho‘rlangan hududlarda yashovchi fuqarolarga soliq to‘lovlaridan yengilliklar yaratishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.
Deputat Rasul Kusherbayev jurnalistlar himoyasiga oid qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagani sohada ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Qonunchilik palatasi deputatlari bu masalada bir necha bor harakat qilib ko‘rishgan. “Biz, shaxsan men ham tarafdormanki, himoya qonunini qabul qildikmi, himoyani buzganga doir javobgarlik masalasini ham jinoyat kodeksida belgilab qo‘yishimiz shart”, — dedi deputat.
“Adolat” partiyasi fraksiyasi tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Jamoatchilik va ekspertlar haydovchilar uchun qulaylikdan ko‘ra, inson hayoti qadrining ustuvorligini eslatib, qarshi fikrlarni bildirishdi.
Chirchiq shahridagi dala o‘kuv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhumning ota-onasi prezidentga videomurojaat yo‘lladi.
Saylovoldi tashviqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berildi. “Gazeta.uz” ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat budjetining taxminiy xarajatlarini hisoblab chiqdi va bu fikrga qarshi bo‘lgan iqtisodchilarning fikrini keltiradi.
Ichki ishlar organlarining deyarli barcha bo‘linmalari elektroshoker qurilmalari bilan ta’minlandi. Ulardan yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar foydalanadi.
Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyatda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish eng ustuvor vazifa ekanligini aytdi. U Narpay tumani misolida viloyatda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi. Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 12 ta mahallada quruvchi, chilangar, qandolatchilik, tikuvchilik, IT-soha kasblari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiligi aytildi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq havo saqlanib turadi. Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Kunduz kuni havo harorati +23…+27 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda 83 ming dollar evaziga o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkentning Yunusobod tumanidagi xususiy uylardan birida besh talabaning is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Ijaraga bergan ayolga uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting