“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining prezident saylovlari bo‘yicha so‘rovi, “Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi, akademik litseylar uchun mandat e’lon qilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida homilador ayol o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan qo‘shni erkakni pichoqlab o‘ldirdi. Ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq erkakning yaqinlari prokuror bilan uchrashish uchun g‘alayon ko‘targan edi.
Prezident 1 oktabrgacha «Ochiq budjet» axborot portalidagi takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2022 yildan ichki yo‘llarni ta’mirlashga ajratiladigan 50 foiz mablag‘ «Ochiq budjet» axborot portalida aholi ko‘p ovoz bergan hududlarga yo‘naltiriladi.
“Mening yurtim” telekanali kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi a’zolariga tegishli bo‘lgan kinofilmlarni ruxsatsiz va shartnoma tuzmasdan efirga uzatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Toshkent shahrida metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlari uchun qidiruvda bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Fuqaro ilgari bir necha jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.
Oliy ta’lim vazirligi respublika OTMlari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi.
“Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yiladigan avtobuslardan yo‘l kira xaqqisiz foydalanishi mumkin.
Yanvar-avgust oylarida ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlariga 2798 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. Mazkur qonunbuzarliklar oqibatida davlat budjetiga jami 8,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Toshkent shahrida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlarining 90 foizi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
«Ijtimoiy fikr» markazining prezidentlik saylovi bo‘yicha so‘rovi fuqarolar saylovoldi dasturlari bilan to‘liq tanishishga hali ulgurmaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning deyarli yarmi nomzodlar orasidagi ochiq teledebatlarni dasturlar haqida ma’lumot olishning eng jozibali shakli deb atashdi.
Prezidentlikka nomzodlar maktablarda bepul ovqatlanishni taklif qilishi, Toshkentda “Tungi velosayr” festivali o‘tkazilishi, Mo‘ynoqda yashovchi oilalarga 5 mln so‘mdan tarqatilishi — “Gazeta.uz"ning 22 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Islomoboddan Londonga uchgan British Airways samolyoti 83 yoshli yo‘lovchining aholi yomonlashib qolgani sababli erta tongda Toshkentga qo‘ndi. Ayol samolyot qo‘nganidan ko‘p o‘tmay olamdan o‘tdi. Yo‘lovchilar hali ham aeroportda qolishmoqda.
1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi, loyiha hujjatlari esa akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar caroyi binosini rekonstruksiya qiladi. Unda, avval xabar qilinganidek, muzey joylashtiriladi, G‘arbiy Yevropaning rassomchilik kolleksiyasi, chinni buyumlar, interer buyumlari va boshqa qimmatli san’at asarlarini muzeyga qaytarish rejalashtirilgan. Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda “propiska” olish azob bo‘lgani, uning o‘zi ham institutda fan nomzodi bo‘lmaguncha “propiska"siz bo‘lganini esga oldi. “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu”, — deya ta’kidladi u.
Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln so‘m to‘lashi kerak. Oilasi esa dastavval 3,5 mlrd so‘m miqdorida tovon puli so‘ragan.
Navoiy viloyatida ikki yoshli farzandini sotishga uringan samarqandlik er-xotin qo‘lga olindi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «ketma-ket qiz farzandlar ko‘rgani» uchun eri va qaynonasining tazyig‘iga uchrab kelgan ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi. Ular o‘limida aybli deb topilgan er 7 yilga qamaldi, qaynonaga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ayolga himoya orderi berilgan bo‘lgan.
Milliy emlash kalendariga asosan, grippga qarshi emlanish jarayonlari sentabr-oktabr oylaridan boshlanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘lib boshlig‘i Rustam Ikromov grippga qarshi emlanish jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi.
O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ham 1−4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini ma’lum qildi. XDPning prezidentlikka nomzodi Maqsuda Vorisova boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishi haqida aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting