O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021» o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati seshanba kuni +29…+34 darajadan hafta oxiriga kelib +32…+37 darajagacha ko‘tariladi
Toshkentning Chilonzor tumanida YPX xodimlari haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzayotganida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqaro Oybek Madatovning murojaatini eshitdi. Hokim unga nogironlik aravachasi va sigir berdi, shuningdek, poyabzal ustaxonasi qurib berishga va uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi. Viloyat hokimi Oybek Madatovni uylantirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berdi. Oradan 5 kun o‘tib bularning barchasi amalga oshdi.
Sariosiyo tumanida Matiz avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yubordi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi, Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi. YTH sodir bo‘lgan hududda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatilishi aytildi.
Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘iz bo‘shlig‘ida tish va metall zanjir ko‘rinishida 951 gramm oltin yashirganlikda ayblanib qo‘lga olindi.
Barcha hududlarda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular fuqarolardan shikoyatlarni qabul qilib, inson huquqlari monitoringini yuritadi.
Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi vafot etdi, yana bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajarish yuklandi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinani barcha bosqichlarda qabul qilganlar soni 3 milliondan oshdi. Hozirga qadar 16 mln 600 ming dozadan ko‘proq vaksina qo‘llanildi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga abituriyentlarni qabul qilmoqda. Hujjatlar onlayn va oflayn tarzda qabul qilinadi.
O‘zbekistonda 9 kundan beri kunlik kasallanish holatlari 700 nafardan kamroqni tashkil etmoqda. sentabrning o‘ninchi kuni 800 nafarga yaqin bemor kasallikdan to‘liq sog‘aydi.
Brauni-chizkeyk, quyma va sochma, shokoladli va tvorogli piroglar — Zira.uz olxo‘ridan tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
COVAX dasturi doirasida Germaniya O‘zbekistonga 356 ming doza AstraZeneca vaksinasini sovg‘a qildi.
Mahallalarda jinoyatlarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning qonuniy asosi ishlab chiqildi. Jinoyatlarning xususiyatiga qarab muhokamalarda davlat organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishi shartligi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev 2 mingdan ortiq maktabning birorta o‘quvchisi «Bir million dasturchi» loyihasida ishtirok etmaganini tanqid qildi. Shuningdek, 1 oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyevning paralimpiyachilar bilan uchrashuvi, yangi chiqarilgan qarorlar, Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazishi — “Gazeta.uz"ning 10 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qidiruvdagi ikki ayol bilan muloqotda bo‘lib, ularning ko‘rsatmalari bo‘yicha «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi.
Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari +12…+15 darajagacha pasayadi, kunduz harorat +27…+30 darajagacha ko‘tariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting