Toshkent viloyatida mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga xalq vakillari tadbirga niqobsiz kelganligi sabab bo‘lgan. Deputatlar esa 50 nafarga yaqin yosh bola va ularning ota-onalari bayramga kiritilmagani, yana bir ayolga kuch ishlatilgani hamda deputatning daxlsizlik huquqi buzilganini aytishmoqda.
Dushanba va seshanba kunlari yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Sentyabrning dastlabki 5 kunligida Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.
Tadbirkor G‘ofur Rahimov homiyligida Quyichirchiq tumanidagi 45-maktabning eski binosi o‘rnida STEM fanlariga ixtisoslashgan ta’lim maskani bunyod etildi. 600 o‘ringa mo‘ljallangan maktab zamonaviy jihozlar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.
Huquqni muhofaza qilish organlari Sirdaryo viloyatida kripto-aktiv qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi. Koreya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 3 nafar gumondor 9,2 mlrd so‘mlik 3529 dona kompyuter qurilmasidan va 265,2 mln so‘mlik elektr energiyadan qonunga zid ravishda foydalanib kelganligi aytilmoqda.
O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab samolyotlarda suratga olish taqiqlangan. Shuningdek, yo‘lovchilarga orqa fonda samolyot bilan suratga tushishga ham taqiq mavjud. 2018 yildan boshlab mamlakatda jamoat joylarida, jumladan, Toshkent teleminorasida va metroda erkin suratga olishga ruxsat berilgan. Deputat Rasul Kusherbayev samolyot fonida rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi.
Dushanba kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. U vaksinaning birinchi komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlashga mo‘ljallangan.
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi.
Afg‘onistondan amalga oshirilgan evakuatsiya reyslariga xizmat ko‘rsatish uchun 19 avgust kuni yopilgan Toshkent-3 mahalliy reyslar aeroporti 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklamoqda
Chiroqchida qo‘shni homilador ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lganida ayol tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan marhumning yaqinlari prokuror bilan uchrashish maqsadida to‘palon ko‘targani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura mazkur yig‘ilish aslida IIO tomonidan aholi vakillari bilan mast holda o‘g‘lini o‘ldirgan ota bilan bog‘liq jinoyat ishini muhokama qilish uchun tashkil etilganini bildirdi.
30 avgust kuni Toshkent shahri, Toshkent viloyati va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.
Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
Juma kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalarining dastlabki statistik tahlili e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vaksina barcha shtammlar uchun umumiy 81,7% samaradorlikni namoyish etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonotiga ko‘ra, «klinik tadqiqotlar natijasi vaksina aholiga koronavirus yuqishining oldini olishda samarali ekanini tasdiqlagan».
Hukumat qarori bilan 2022 yildan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etishda qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda 829 kishi COVID-19 bilan kasallandi, 857 nafar bemor esa tuzaldi. Davolanayotgan bemorlarning 8 nafari olamdan o‘tdi. Qolaversa, shu kuni 334 kishida pnevmoniya aniqlangan, bemorlarning 4 nafari vafot etgan.
Rezavor mevali, quyultirilgan sut va tvorogli, shokoladli — Zira.uz mazali maffinlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida erkak tug‘uruqxona hamshirasining sochidan tortib, kuch ishlatdi. Mazkur holatga erkakning nevarasining o‘limi sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Markaziy harbiy okrugning Forish poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalari davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining 7853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, poytaxtning 171,3 gektar yeri Toshkent viloyatiga o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting