Shavkat Mirziyoyev Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.
Toshkent metropolitenining Halqa yo‘lida poyezdlarning tezligi havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab vaqtinchalik sekinlashadi.
«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan soxta tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Poytaxtdagi Milliy bog‘ o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Birinchi bosqichda dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, musiqiy favvora va boshqalar ochildi. «Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi», — dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Prezidentning Surxondaryoga tashrifi, bokschilarning Osiyo chempionatidagi natijasi, DXX tomonidan giyohvandlik moddalarining musodara qilinishi, UzAuto Motors`ning “shapka tizimi” haqidagi xabarlarga izohi — “Gazeta.uz"ning 1 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Agrobank tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor bepul fermerlar maktablari ochildi. Maktablar Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz, Nukus shaharlarida tashkil etilgan.
O‘zgidromet 31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopilgani haqida xabar berdi. Buxoroda 43 daraja, Urganchda 42.9 daraja maksimal havo harorati kuzatildi.
UzAuto Motors yangi avtomobillari uchun ko‘p ming kishilik navbatlar yuzaga keldi. Tarmoqlarda «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ayrim dilerlar mikrochiplar bozoridagi vaziyatdan foydalanishga harakat qilayotganini ma’lum qilib, noqonuniy harakatlar haqida xabar berishga chaqirdi.
Respublikada yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.
Iyun oyi davomida barcha hududlarda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» tashkil etiladi. Oylik doirasida 4 million 300 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Shu bilan O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 mln 330 ming dozaga yetdi.
DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Kirish imtihonlaridan voz kechilsa, abituriyenlar maktab imtihonlari natijalariga asosan OTMga qabul qilinadi. Shuningdek, 2021−22 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olingan.
DXX tomonidan Sirdaryo va Samarqandda jami 7 kg, Dang‘ara tumanida 1 kg dan ortiq, Farg‘ona viloyatida 1,3 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi.
Toshkent aeroportiga olib boradigan ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Lohiha prezidentga taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, yo‘l o‘tkazgich 2008 yilda kengaytirilgan edi.
O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida sakkiz burchakli masjidi quriladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak berilib, kirish va qolgan yo‘laklarida shoirning hikmatli suzlari bitilgan kitob ko‘rinishidagi belgilar qo‘yiladi.
Sirdaryoda Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi jarohatlar bilan tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Senatda kelinlarni farzandlari bilan erining uyiga ro‘yxatga qo‘ymaslik masalasi muhokama qilindi. Uyni sotishda ular roziligining olinmasligi ko‘chada qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov esa muammoning boshqa tomoni borligini ta’kidladi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondagi qurilishlar summasi, prezidentning Surxondaryoga tashrif rejasi, Senatning qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qullashi, YTHlarda halok bo‘lganlar soni oshishi — “Gazeta.uz"ning 31 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 55 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
31 may kunidan boshlab chet elga o‘qishga ketadigan talabalar, OAV xodimlari, blogerlar hamda yozuvchilar COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga kirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting