Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayotganini, ularni yaratish uchun imkoniyat yaratib berishi kerakligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, 2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 10,5 foizga teng bo‘lgan.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer «Gazeta.uz»ga Global yo‘l harakati xavfsizligi haftaligining maqsadlari va piyodalar avtomobillar oqimi bilan kesishadigan ko‘chalarda tezlikni 30 km/soatgacha pasaytirishning ahamiyati haqida gapirib berdi.
Dushanba kuni kechasi va ertalab poytaxtning Chilonzor tumanida ikkita avariya yuz berdi. Ularning birida uch kishi jarohat olgan, ikkinchisida haydovchi vafot etgan.
Shahrisabzda bir guruh tibbiyot xodimlari majburiy ishga jalb qilindi. Shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri ma’muriy jarimaga tortildi.
Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shahar ko‘chalari suvga to‘ldi. Yomg‘ir suvi yo‘lovchi avtobuslari ichiga ham kirib ketgan. Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari yotoqxonasi ichiga yomg‘ir suvi o‘tib ketgani ham aytilmoqda. Shuningdek, Toshkent teleminorasini chaqmoq urdi.
25 maydan 27 mayga qadar poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangixayot tumanida suv bosimi kamayadi.
Vazirlar Mahkamasining buyrug‘i bilan tendersiz «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish Mimar Group kompaniyasiga, qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini ta’mirlash esa Ijod-Ijod kompaniyasiga berilgan. Ularga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat etildi.
Namanganda 60-xalqaro gullar festivali boshlandi. Yubiley festivalda 10 million tup gul ko‘chatlari o‘tqaziladi, gullar bilan bezatilgan avtomobillar paradi, gala-konsert va boshqa tadbirlar ham tashkil etiladi.
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘p miqdorda talon-toroj qilishda ayblanayotgan boshqarma boshlig‘i qamoqqa olindi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi uylardan birida chiqqan yong‘in boshqa xonadonlarga ham o‘tdi. Aholi yong‘inga elektr tarmoqlaridagi muammo sababli yuzaga kelganini ma’lum qildi. FVV o‘t o‘chiruvchilar yo‘llardagi tirbandliklar va yer osti gidrantining suv bosimi past bo‘lgani yong‘inni tezlik bilan o‘chirishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyatida gaz quyish shoxobchasida gaz to‘ldirilayotgan «Vaz-2101» rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada ikki kishi jarohatlandi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilida harakat vaqtida gaz balloni portladi. Ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi og‘ir jarohatlandi.
Sinflarda o‘quvchilar sonini 35 dan 24 gacha kamaytirish uchun yiliga 9 trillion so‘m kerak bo‘ladi, dedi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Shuningdek, u yoshlar uchun texnologiya va aniq fanlarni ingliz tilida o‘rganish nima uchun muhim ekanini tushuntirdi.
Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba, iste’fo bergan Andijon shahar prokurori, poradan bosh tortib, 15 mln so‘m bilan mukofotlangan IIB xodimi hamda Olimpiadaga chiqqan o‘zbekistonlik taekvondochilar — “Gazeta.uz"ning 22-maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Uch qahramon bozoridagi 100 ga yaqin mulkdolardan 2009 yilda sotib olgan do‘konlari tushuntirishlarsiz olib qo‘yilayotgani aytilmoqda. Tadbirkorlar buni «reyderlik yo‘li bilan tortib olish» deb baholamoqda. «Gazeta.uz» muxbiri bozor ma’muriyati va yerning asl egasi hisoblangan qo‘shma korxona mutasaddisi bilan ham suhbatlashdi — tomonlar fikri.
Toshkent shahri hududini Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 21 ta mahallani poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazish orqali kengaytirish rejalashtirilmoqda.
15 may kuni Navruz Mall savdo markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimi kutilgandan ham ziyod mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi va maxsus ko‘ngilochar dastur namoyish etildi.
2 ming AQSH dollari miqdoridagi poradan bosh tortgan Samarqand IIO FMB xodimi 15 mln so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Uning ota-onasiga esa tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Andijon shahar prokurori Qurbonali Asqarov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bosh prokuratura uni ishdan ketishini shahar kengashi sessiyasidagi voqealar bilan bog‘liq emasligini aytmoqda. Avvalroq, xalq deputatlari Andijon shahar kengashi sessiyasida deputatlar tintuv qilinib, telefonlari olib qo‘yilgandi, qolaversa, shu kuni deputat Shuhratbek Karimov daxlsizlik huquqidan ham mahrum etilgan edi.
Semifredo muzqaymog‘i, trayfl, tart va oddiy pechenelar — Zira.uz qulupnaydan tayyorlanadigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting