Prezident qarori bilan Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tugatildi. Uning o‘rniga Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazlari tashkil etildi. Bundan tashqari, ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam berish uchun 24 soat uzluksiz ishlovchi «ishonch telefoni» raqami yo‘lga qo‘yiladi.
Angrenda 3 500 AQSH dollari evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Shuningdek, poytaxtning Mirobod tumanida 1 500 AQSH dollar evaziga Moskva davlat universitetining filialiga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi.
Paralimpiya qo‘mitasi tashkil etilgani, ID kartasi bor haydovchilarning YPX xodimlariga ayrim hujjatlarni taqdim etmasligi, O‘zbekistonga keltirilgan 500 ming doza vaksina, yangi tez yordam mashinalari va SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali — «Gazeta.uz»ning 19 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi 11 ta tibbiyot oliygohini transformatsiya qilishni topshirdi. Bu ish Toshkent tibbiyot akademiyasidan boshlanib, unga Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Qo‘qon shahridagi «UzGazOil» yoqilg‘i quyish shoxobchasida benzovoz yoqilg‘i to‘kish vaqtida yondi. Jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.
O‘zbekistonning eng yosh rektorlaridan biri, Davlat konservatoriyasi rahbari Kamoliddin Urinbayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotganligi, unga bo‘lgan bosimlar va nega ta’lim sohasida puxta o‘ylanmagan islohotlarning oldini olish kerakligi to‘g‘risida gapirib berdi.
Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi. Filialga talabalar mutaxassisliklar bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida teng ulushda qabul qilinadi. O‘quv jarayonlari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Adliya vazirligi «Bir qadam oldingami? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishini qanday baholash mumkin» maqolasiga o‘z izohlarini e’lon qildi.
Humans mijozlari ko‘p foydalanadigan xizmatlar va dasturlarni tanlab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Prezident topshirig‘iga binoan 1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi. Hozir hududlarda 850 ta xizmat muddatini o‘tagan Damas tez tibbiy yordam mashinalari mavjud.
Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumati yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor, dedi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov. Loyihani amalga oshirish uchun chet elliklar ariza yuborishi mumkin bo‘lgan portal ishga tushiriladi. Hozirda «Osiyo Shengeniga» Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va bir qator Kavkazorti mamlakatlari qo‘shilishi mumkinligi ma’lum qilindi.
O‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi.
1 sentyabrdan boshlab ID kartalari bor haydovchilar yo‘l patrul xizmati inspektoriga notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot hamda «tonirovka» uchun ruxsatnomani shaxsan taqdim etishi shart bo‘lmaydi. 19 maydan boshlab ID karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.
Tibbiy sug‘urtani joriy qilish muhimligini ta’kidlagan prezident, Jahon banki va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi bitimlar, metroda ish soatlarining o‘zgarishi, hokimning mahfiy qarori sababli tovon puli ololmagan tadbirkor hamda poytaxt hokimining o‘rinbosari mahalla raisiga nisbatan kuch ishlatgani — «Gazeta.uz»ning 18 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Samarqand viloyatida fuqaroga 13 ming AQSH dollari evaziga 15 gektar yer maydonini olib bermoqchi bo‘lgan tuman soliq inspektori va fermer qo‘lga olindi.
Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qildi va jismoniy kuch ishlatdi, deb xabar berdi Mahalla vazirligi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.
Sirdaryo viloyatida yuk mashinasi yo‘lning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan maktabning 2 sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.
Samarqand viloyatida 42 yoshli Turkiya fuqarosi o‘z boshqaruvidagi yuk avtomashinasida piyodani urib yubordi. 39 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting