O‘zbekistonga may-iyun oylarida COVAX dasturi doirasida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida 3,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinalari olib kelinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.
Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlari tufayli vafot etganidan so‘ng, uning opasi Zangiota kasalxonasi tibbiyot xodimlarining harakatlarini baholashni prokuraturadan so‘ragan edi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tashxis to‘g‘ri qo‘yilgan va davolash Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalari asosida amalga oshirilgan.
“Biz ko‘p narsalarni bilmaymiz va kundalik hayotda ko‘rmaymiz”. Havaskor fotosuratchi Janna Shatalina fotosuratlar, ranglar va tarix haqidagi tasavvurlari haqida so‘zlaydi.
Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirganlar 100 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘ladi.
Qonun bilan belgilangan yangi tartibga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga da’vat qilganlik uchun 20 mln so‘mgacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.
Internetda O‘zbekiston prezidentini haqoratlaganlik yoki unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Viloyatlar bo‘ylab harakatlanuvchi «Sinemobil» platformasi tashkil etildi. Samarqand viloyati qishloqlarida mazkur ko‘chma kinoteatrda filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Komil Allamjonov «O‘zbekistonga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishi kerak» deya ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, besoqolbozlikka qarshi qonunlar yumshatilgan taqdirda ham, ular qog‘ozda qoladi.
Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siridagi 25 yoshli qashqadaryolik yigit ushlandi. U Rossiyada ishlash davomida ushbu tashkilot ta’siriga tushib qolgani, O‘zbekistonga qaytgach, yonidagi telefonida taqiqlangan materiallar ham bo‘lgani aytilmoqda. Yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bir jinsli munosabatlarga qarshi yoshlarning Toshkent markazida ruxsatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazgani hamda LGBT targ‘ibotini qoralab o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.
Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga pasaydi va jami 10 474,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.
2020 yilda 2 270 kishiga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy ish ochilgan. Tahlillarga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar asosan ishsizlar hamda ta’lim, tibbiyot, bank, qurilish va ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan. Korrupsion jinoyatlarning deyarli 90 foizi quyi bo‘g‘in (tuman, shaharlar) xodimlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.
ZoodMall kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Toshkentda yangi ofis ochdi va 100 nafar qo‘shimcha xodimni ishga olmoqda.
BMTning uchta agentligi Qoraqalpog‘istonda 14dan 30yoshgacha bo‘lgan yoshlar va ayollar, hamda nogironligi borlar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa zaif qatlamlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid dasturni yo‘lga qo‘yishdi.
Hafta mobaynida O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida quruq, ammo salqin ob-havo kuzatiladi. 2 apreldan havo isishi kutilmoqda.
COVID-19 pandemiyasi O‘zbekistonda mavjud ijtimoiy himoya tizimini sinovdan o‘tkazuvchi vosita bo‘ldi. Ushbu inqiroz sohada izchil islohotlarni o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi. Aholining zaif qatlamlarini samarali qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu sohada qanday muhim islohotlarni amalga oshirish zarur?
Toshkentda ijarada yashagan 5 nafar talabaning murdasi noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, yigitlarning barchasi «is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon tomirlari yetishmovchiligi» oqibatida vafot etgan.
Dollarning rasmi kursi 15,54 so‘mga pasaydi va jami 10 486,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.
Ichki ishlar vazirligi bloger Miraziz Bozorovni provokator deb ta’riflangan videoni namoyish etdi. Shuningdek, Amir Temur maydonida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar ishtirokchilari bilan suhbatlardan parchalar keltirdi. Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, voqea «haddan tashqari hissiyotga ega fuqarolar va huquqiy savodxonligi past bo‘lgan shaxslar, qonunchilikni chetlab o‘tib, muammoni o‘zlari hal qilmoqchi bo‘lishgan».
Uzbekistan Airways kompaniyasi piece concept tartibi — o‘rindiqlar soni bo‘yicha bagaj tashish qoidalarini joriy etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting