Jamiyat

Tadbirkorlar uchun elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda
23 mart 2021, 09:53

Tadbirkorlar uchun elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda

Energetika vazirligi ishlab chiqqan ma’muriy reglament loyihasida quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni (maishiy iste’molchilardan tashqari) tarmoqqa ulash uchun 14,7 mln so‘mgacha miqdorda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.

Opera teatrining ikki xodimasini mashina urib yubordi, ulardan biri vafot etdi
23 mart 2021, 09:20

Opera teatrining ikki xodimasini mashina urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Spark haydovchisi opera teatri yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida teatrning ikki xodimasini urib yubordi. Ulardan biri — Bahora Rahimova — vafot etdi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
22 mart 2021, 14:27 2

Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi

Taniqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi
21 mart 2021, 12:15

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi

Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishiga oid fotosuratlarni taqdim etadi.

Yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi
20 mart 2021, 14:49

Yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Payshanba kuni maktabdan uyiga qaytayotgan o‘quvchini yuk poyezdi urib yubordi. U sinfdoshlarini kutib turganida sumkasi yuk poyezdiga tegib, uni sudrab ketgan. O‘quvchi bosh qismidan jarohat olgan. U shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 mart 2021, 14:16

Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqarolardan birini harbiy xizmatga jo‘nata olishiga ishontirib, undan 3500 dollar olish holati ma’lum bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.

Samarqandda jurnalistga tahdid qilinishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
20 mart 2021, 12:38

Samarqandda jurnalistga tahdid qilinishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

Samarqandda Rossiyaga samolyot chiptalarini sezilarli darajada qimmatga sotilayotganini o‘rganayotgan Kun.uz muxbiriga o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi
20 mart 2021, 10:41

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi

Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Surxondaryoda YPX xodimi avariya sodir etdi
20 mart 2021, 09:40

Surxondaryoda YPX xodimi avariya sodir etdi

Surxondaryoning Bandixon tumanida YPX inspektori «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etdi. Hodisadan hech kim jabrlanmadi.

Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi — Yevropa komissiyasi
19 mart 2021, 19:04

Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi — Yevropa komissiyasi

Yevrokomissiya Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Yevropadagi bir qator mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq og‘irlashgani sababli jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatildi. Bunday holat yuzasidan Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari, jumladan Fransiya, Italiya, Germaniya, Sloveniya, Latviya hukumati rasmiylari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni davom ettirishga majbur ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Qashqadaryoda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi
19 mart 2021, 16:46

Qashqadaryoda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi

Qarshi shahrida «Lacetti» haydovchisi mashinani orqaga boshqarayotib, 8 va 9 yoshli bolalarni urib yubordi. Ikkala voyaga yetmagan bolalar yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.

Navro‘z bayrami arafasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
19 mart 2021, 16:13

Navro‘z bayrami arafasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bayram arafasida ko‘pchilik tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Bayram kuni 21 martda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi.

Xonobodda temir yo‘l stansiyasi ishga tushdi
19 mart 2021, 15:51

Xonobodda temir yo‘l stansiyasi ishga tushdi

Andijon viloyatining Xonobod tumanida kuniga 500 nafargacha yo‘lovchi tashish mumkin bo‘lgan temir yo‘l stansiyasi ochildi.

17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga reabilitatsiya uskunalari topshirildi
19 mart 2021, 13:43

17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga reabilitatsiya uskunalari topshirildi

MTV tomonidan Toshkentdagi 17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga ortopedik yurish trenajyorlari, rangli to‘p bilan to‘ldirilgan quruq hovuzlar, biziborlar topshirildi.

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi
19 mart 2021, 13:10

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.

Qibrayda beshta avtomobil to‘qnashdi
19 mart 2021, 09:59

Qibrayda beshta avtomobil to‘qnashdi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida payshanba kuni ertalab beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yo‘l kechasi yuvilgan, quyuq tuman ham tushgan.

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi
19 mart 2021, 00:20

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi

Toshkent metrosining «Olmazor» yer osti metro bekatidan «Sirg‘ali» yo‘nalishi «Choshtepa» yer usti metro bekatiga harakatlanayotgan tarkib to‘xtab qolishi natijasida navbatdagi tarkib bilan to‘qnauv sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» direktori o‘rinbosari 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi
18 mart 2021, 17:30

«Toshkent shahar suv ta’minoti» direktori o‘rinbosari 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi

Toshkentda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi.

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi
18 mart 2021, 16:32

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi
18 mart 2021, 16:25

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi

«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting