Davlat soliq qo‘mitasi vakili jismoniy shaxslar ham ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun soliq to‘lashini ma’lum qildi. Uning aytishicha, turargoh uchun alohida kadastr hujjati ham rasmiylashtiriladi.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi Yunusobod tumanidagi 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan yerni («Universam») olib, «Urban Developers»ga berish to‘g‘risidagi Toshkent hokimi qarorini haqiqiy emas deb topdi.
XTV maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar va takliflar portalini ishga tushirdi. Portalda ta’lim sifatini oshirish, inklyuziya, innovatsiya, maktab infratuzilmasi va boshqalarga oid g‘oyalarini taqdim etish mumkin.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4−6 darajaga yuqori bo‘ladi.
Qamalguniga qadar OTMda ta’lim olgan fuqarolar endilikda o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, jazoni o‘tash davrida OTMga kirish imkoniyati ham berilishi va ularga alohida jazoni o‘tash tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan.
The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, nigeriyalik 7 nafar yosh yigit o‘zini futbol agenti deb tanishtirgan shaxs tomonidan O‘zbekistonga aldov yo‘li bilan olib kelingan. Ularga professional futbolda faoliyat boshlashlari uchun yordam berish va’da qilingan.
Nurota tumanida «Cobalt» yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Tirik qolgan bir nafar fuqaro turli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida fuqaro M.M. boshqaruvidagi «Lacetti-2» avtomashinasi qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda ayolni urib yuboradi. Ayol olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Jazoni o‘tayotgan mahkumlar endilikda videokonferensaloqa orqali qarindoshlari bilan onlayn rejimda uchrasha oladilar. Ushbu imkoniyatni yo‘lga qo‘yish uchun barcha jazoni ijro etish muassasalari optik tolali aloqa kanallari bilan ta’minlanadi.
Samarqand viloyatida 10 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz Navoiy viloyatidan topildi. U bundan avval 2 nafar fuqarolar tomonidan zo‘rlangani haqida murojaat qilgan.
O‘zbekistonda 7 million aholini koronavirusga qarshi ikki marotaba emlanishi uchun 15 million doza vaksina olib kelinishi ma’lum qilindi. Dastlabki bosqichda 50 mingga yaqin aholi emlanishi rejalashtirilmoqda.
2021−2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga xohlagancha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Taklif amalga oshirilsa, abituriyent to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida avvalgidek 5 tagacha emas, balki cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab davlat MTMlarida to‘lov narxlari 15 foizga qimmatlashishi kutilmoqda.
Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari hududda fevral oyining oxiri mart oyining boshida 15 ming nafar fuqaro emlanishini ma’lum qildi. Bunda, birinchilardan bo‘lib tibbiyot xodimlari va sog‘liqni saqlash tizimidagilar, surunkali kasalligi bor katta yoshdagi kishilar emlanadi. Bosqichma-bosqich tarzda maktab o‘qituvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalovchilari ham vaksina qabul qilishi kutilmoqda.
Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,67 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.
Toshkent viloyatida IIB ro‘yxatida turuvchi va bekor yurgan 200 nafar yoshlar ota-onalarining xabarisiz harbiy poligonga olib ketildi. Viloyat IIBB mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rganlarga uy-joylar taqsimlanishida birinchi navbatda hujjatlarida muammosi bo‘lmagani uchun 1430 ta xonadon egalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan. Muammo va kamchiliklari bo‘lgan 724 ta hujjatlar Xalq deputatlari tuman Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqilib, sessiya qarorlariga asosan uy ajratilishi rad etildi.
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan 4790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari plastik kartalarga tushirilgan. Toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun shartnoma bo‘yicha 855,4 mlrd so‘mga teng 2640 ta xonadonli 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurilgan.
Uch nafar fuqaro Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi maktabda 17 ta kompyuterni o‘g‘irlashda gumon qilinib, hibsga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular poytaxtning boshqa maktablaridagi o‘g‘irliklarga ham aloqador bo‘lganlar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting