Prezident farmoni bilan 2020−2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
G‘allaorolda 21 yoshli yigit yarim tunda bankomatni tunamoqchi bo‘ldi. U bankomat xonasidan chiqmay turib Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasining yorilgan devori 4 mlrd so‘mga qurilgan yangi binoning ichki qismi ekani tasdiqlandi. Viloyat hokimligining maxsus komissiyasi esa ochilishdan oldin binoni qabul qilib olgan.
Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg‘ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi. Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushdi.
Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki o‘lim holatlari ko‘payadi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak — «Gazeta.uz» yurtdoshlarimizni ogohlantiradi.
Jomboy tumanida Lacetti yo‘ldan burilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga borib urildi. Yengil mashina haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga tushdi.
Tuman hokimi o‘rinbosari va IIB xodimi chegara oldi hududida noqonuniy ov qilib, yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirishgan. Ularning yonidan 6 dona ov quroli, 105 ta o‘q-dori va qarmoqlar chiqqan. Ular ekologiya inspektorlariga bosim o‘tkazishgani aytilmoqda.
Italiya brendi GEOX o‘zining kuz-qish 2020−2021 yangi mavsumi to‘plamida klassik modellar va zamonaviy trendlardan iborat poyafzal va ustki kiyimlarini taklif etadi.
2019 yil iyun oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyev jamoasi sirli Po‘latxon platosiga o‘quv mashg‘ulotlari uchun yo‘l olishdi. Iroda va sabot sinovlari qanday o‘tdi va bu joy nima uchun kishini o‘ziga tortadi — “Gazeta.uz” maqolasida.
Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari zaxirasini yaratish, ularni saqlash va aholiga yetkazish berish hamda moliyalashtirishda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 5 ta jinoyat fosh etilib, 684 tonna ko‘mir mahsulotlari talon-toroj qilinishining oldi olindi.
2021 yilda O‘zbekistonda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi. Barcha ta’lim muassasalarida shoir asarlarini uzluksiz o‘rganishni joriy etish rejalashtirilgan.
Zira oshpazlik loyihasi tomoshabinlarning ishtahasini ochishga qodir, ularni xarid qilishga undovchi va brend mahsulotlarini xaridorgir qila oladigan reklamalarni yaratadi.
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ikkita Nexia to‘qnashuvi natijasida ikki kishi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh patologoanatomi Rajabboy Isroilov Zangiota kasalxonasida marhum bemorlarning qarindoshlari jasadning chiqarilishini kutayotgani aks etgan videoga izoh berdi.
Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev yirik avtobus bekatlari va metroga kiraverishda katta hajmli axlat qutilari o‘rnatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u poytaxtdagi jamoat transporti yo‘lovchilariga bepul tarqatiladigan bir martalik qo‘lqoplarning narxini oshkor qildi.
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasi 4 mlrd so‘mga ta’mirlangach, fevral oyida foydalanishga topshirilgandi. Oradan 8 oy o‘tgach, bog‘chaning ichki devorlari yorilishni boshlagan.
O‘zbekiston Qahramoni, sobiq senator, arxeolog G‘ayratdin Xojaniyazov 72 yoshida olamdan o‘tdi.
21 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlariga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Payshanba va juma kunlari esa salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi va barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland-baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekiston milliy universiteti OTMlar reytingida ketma-ket uchinchi yil o‘z yetakchiligini saqlab qoldi. Reytingda talabalarning mutaxassislik fanlaridagi bilim darajasi, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy maqolalari soni va ish beruvchilarning bitiruvchilar haqidagi fikrlari hisobga olingan.
O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakliga o‘tish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Yakuniy qaror talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlari hamda SES xulosalari asosida universitetlar kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting