Jamiyat

BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi
20 sentabr 2024, 16:00

BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

BYD kompaniyasining ma’lum qilishicha, BYD Central Asia O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutor bo‘lib, u mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan avtomobillarni to‘liq kafolat bilan taklif qiladi.

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi
20 sentabr 2024, 15:15

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi

Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−22-sentabr)
20 sentabr 2024, 15:13

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−22-sentabr)

Oltita kinopremyera, Iosis Fest 2024, Cinema Love 2024 kinofestivali, gastronomik festival, o‘ndan ortiq ko‘rgazma, spektakllar, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, bolalar mashg‘ulotlari, chegirmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
20 sentabr 2024, 14:27

Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

Senat tomonidan psixologik yordam ko‘rsatish talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilovchi va ushbu sohaga nisbatan boshqa bir qator talablar kirituvchi qonun ma’qullandi.

Toshkentda BYD urib ketishi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etdi
20 sentabr 2024, 14:21

Toshkentda BYD urib ketishi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etdi

Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
20 sentabr 2024, 13:09

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi.

Surxondaryoda “Toza hudud” xizmati aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olgani aniqlandi
20 sentabr 2024, 12:05

Surxondaryoda “Toza hudud” xizmati aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda “Toza hudud” chiqindi tashish xizmati tariflarni deklaratsiya qilmay, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olganini aniqladi. Tashkilotga moliyaviy jarima qo‘llandi va pulni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish topshirildi.

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi
20 sentabr 2024, 11:58

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi

Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.

Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora bilan ushlandi
20 sentabr 2024, 11:37

Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora bilan ushlandi

Zomindagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MCHJ vakilidan 10 ming dollar talab qilib, shundan 4 mingini olganda ushlandi. U 100 ta yuk vagonini bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish va temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslikka ishontirgan. Stansiya boshlig‘i avval o‘g‘rilikda ayblanib, sudlangan.

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi
20 sentabr 2024, 11:16

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 59 yoshli erkak mast holda rashk sabab xotiniga benzib sepib, uni yoqib yubordi. Ayol og‘ir darajadagi kuyish jarohatini oldi, uning hayoti saqlab qolindi. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Senat raisi Boysundagi kon avariyasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi
20 sentabr 2024, 10:55

Senat raisi Boysundagi kon avariyasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Boysundagi M-25 gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaro yuzasidan hamdardlik bildirdi. U vafot etganlarning oilalari prezident nazoratida ekanini qayd etdi.

Portlash, zaharli gaz va badbo‘y is: Boysun qanday yashayapti?
20 sentabr 2024, 09:22

Portlash, zaharli gaz va badbo‘y is: Boysun qanday yashayapti?

Surxondaryoning Boysun tumanidagi M-25 konida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan gaz chiqishi boshlangan edi. “Gazeta.uz” tahririyatiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan so‘ng sayt jamoasi gaz sizib chiqqandan keyin haqiqiy holat qandayligini o‘rganish maqsadida Boysunda bo‘lib qaytdi. Videoreportaj.

Fuqarolar va sirklar boqadigan yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi
20 sentabr 2024, 00:13

Fuqarolar va sirklar boqadigan yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirk va shapitolarda saqlanuvchi yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi.

“Omonqo‘ton” bog‘ida noyob va Qizil kitobdagi daraxtlar kesilgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi
19 sentabr 2024, 23:47

“Omonqo‘ton” bog‘ida noyob va Qizil kitobdagi daraxtlar kesilgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Samarqanddagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ida jami 2500 tupdan ortiq noyob va Qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesib ketilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatildi.

Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi
19 sentabr 2024, 22:52

Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi

Prezidentga 2030-yilgacha chang bo‘ronlariga qarshi kurashish dasturi, shuningdek, Toshkentda havo sifatini yaxshilash choralari taqdim etildi. MJTKga qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, daraxt kesish va quritish uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif etilmoqda.

19-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
19 sentabr 2024, 21:52

19-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

BMTning G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasini yoqlagan O‘zbekiston, Germaniya bilan migratsiya kelishuvi tafsilotlari, soliq imtiyozlarini qo‘llash bo‘yicha yangicha tizim, Boysun konida halok bo‘lganlar oilalarining pudratchi qaramog‘iga olinishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi
19 sentabr 2024, 18:10

Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi

Bosh vazir Abulla Aripovga ko‘ra, O‘zbekiston 2017−2023-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga xalqaro moliya institutlaridan 2,5 mlrd dollar investitsiya va grant mablag‘larini jalb etgan. U, shuningdek, 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni 2 barobar ko‘paytirish rejalari haqida gapirdi.

Uznetix: Bilim va malaka muvaffaqiyat kalitini ochadi
19 sentabr 2024, 17:00

Uznetix: Bilim va malaka muvaffaqiyat kalitini ochadi

Uznetix har bir mijozga individual yondashgan holda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish kurslarini taqdim etadi.

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi
19 sentabr 2024, 16:50

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tariflarining 15 foizga oshirilishi ma’qullandi.

Kondagi avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi — energetika vaziri
19 sentabr 2024, 12:32

Kondagi avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi — energetika vaziri

Boysundagi M-25 konidagi avariya oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari pudratchi tashkilot qaramog‘iga olinadi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting