Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Abdullayev 46 yoshida ikkitomonlama pnevmoniyadan vafot etdi.
6 oylik tanaffusdan so‘ng 239 ta maktab an’anaviy tarzdagi ta’lim shakliga qaytdi. Davlat maktablarida o‘quv yili rasman 14 sentyabrdan boshlanadi.
O‘zbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev. Bundan tashqari, Xitoy hamda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilayotgan vaksinalar klinik sinovining uchinchi bosqichida ishtirok etish masalalari hukumat va mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarshi kurashda foydasiz chora ekanligini tan oldi. Vazirlik ushbu profilaktik chora inson organizmiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ham ta’kidladi.
Bu yil 1 kilogramm paxta birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m bo‘ladi. Terimchilar ishchi shartnomasini tuzmasdan turib dalaga chiqarilmaydi.
Sarimsoqpiyozli bulochkalardan tortib, shirin bulochkalargacha — ta’bingiz istagan barcha bulochkalar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli kelgusi yilning yanvar-fevral oylarida — ikkinchi semestr boshlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkin.
Xorazm viloyati Shovot tumanida ichki ishlar xodimlari qimor o‘ynayotgan 21 nafar fuqaroni qo‘lga olgan va qimorga tikilgan 43 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi pullar musodara qilingan. Qo‘lga olinganlardan bir necha nafari ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llab, o‘zlariga nisbatan kuch ishlatilganligini iddao qilgan va tanalaridagi jarohatlarni ko‘rsatishgan.
O‘rmonlarda sayyohlik ob’ektlari tashkil etiladi. Prezident kelgusi yilda ekologiya va ov turizmidan daromadlarni 10−15 baravarga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Mebelsozlar uchun pavlovniya va boshqa mebelbop daraxtlar yetishtirish uchun yer ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Hashar week tashkilotchilari «Axlatingiz bilan yordam bering» shiori ostida tashabbusni yo‘lga qo‘yishdi. Poytaxt aholisi saralangan chiqindilarni maxsus yig‘ish punktlariga topshirishi mumkin, yig‘ilgan qayta ishlanadigan materiallardan tushgan mablag‘lar xayriya tashkilotlariga yuboriladi.
Samarqand shahar hokimligi qoshidagi «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi» mansabdor shaxslari davlat korxonasining 1 mlrd 258,3 mln so‘m mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishi ochilgan.
Toshkentning Shayxontohur tumanida Lacetti avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotgan haydovchi yosh ayol va uning ikki yashar qizini urib yubordi.
Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yili boshida jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik kabi fanlarning vaqtinchalik o‘tilishini tavsiya etmasligini ma’lum qildi. Ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi.
1 sentyabr kuni poytaxt markazida Lacetti urib yuborgan yo‘l-patrul xizmati inspektori Salim Umarov voqeadan uch kun o‘tib kasalxonada vafot etdi.
«Gazeta.uz» So‘x tumanidagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan olti kishining ismini aniqladi. Ulardan ikki nafarining oilasi bilan suhbatlashdik. Qarindoshlari qo‘lga olinganlarning mojaroda ishtirok etmaganini ta’kidlashmoqda.
Prezident sud hokimiyati organlarining faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dasturni tasdiqladi. Yil oxiriga qadar sud majlislarida qatnashish imkoniyatini beruvchi mobil ilovani yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2021 yildan boshlab barcha sudlardagi majlislarni audioyozuvga yozib olish mumkin bo‘ladi.
Namangan viloyatida Matiz rusumli avtomobil haydovchisining boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarshisida kelayotgan Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi voqea joyida vafot etdi.
O‘zbekistonda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat beriladi. Bundan tashqari, FHDYO xodimlari oylik ish haqlari o‘rta hisobda 3 baravarga oshishi kutilmoqda.
Farg‘onada bir yoshli farzandini 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida gender statistik ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish bo‘ycha elektron jurnal ishlab chiqildi. Bunday ma’lumotlarni yig‘ish O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting