Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 13 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi. Dam olish kunlari aholiga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etish tavsiya etildi.
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Iyul oyining boshidan beri O‘zbekistonda yana Facebook ga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Ushbu fonda VPN dasturlarining ommaviyligi yana o‘sdi. «Gazeta.uz» muammo nimada ekanligini aniqlashga harakat qildi.
Toshkentda koronavirus aniqlagan 50 yoshli ayol vafot etdi. Bu mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida qayd etilgan 55-o‘lim holati.
Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining bosh shifokori hibsga olindi. Markaz mansabdor va moddiy javobgar shaxslari qariyb 510 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarini o‘zlashtirish va talon-toroj qilganlikda ayblanishmoqda. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.
Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.
Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Dam olish kunlari harorat saqlanib turadi. Juma va shanba kunlari poytaxtda va Toshkent viloyatida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilishi mumkin.
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishda ayblangan hokim o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev birinchi instansiya sudida aybsiz deb topildi.
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida to‘planib qolgan 3746 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazilib mamlaktga qaytgan. TIV ma’lum qilishicha, hozirda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q va fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.
Xalq ta’limi vaziri epidemiologik vaziyat sentyabrgacha yaxshilansa, bolalar maktablarda o‘qishni boshlashini ma’lum qildi. Darslarni televideniye orqali namoyish etish esa to‘xtamaydi.
Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechkisi esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.
Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.
“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
2019 yili firibgarlikda ayblanib qamoqqa olingan O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi Said-Abdulaziz Yusupov ozod etildi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish to‘liq to‘xtatildi.
Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa hududlarda ham sezildi. Poytaxtdagi yer osti silkinishlari kuchi 3 balni tashkil etdi.
Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting