Samarqanddagi korxonalardan birining hisobchisi 6,4 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, keyinchalik mablag‘ni internetdagi qimor o‘yinlarida yutqazib qo‘ydi. U soxta ma’lumotlar orqali pullarni o‘z nomiga ochilgan plastik kartalariga o‘tkazib olgan.
Toshkent shahri sudi apellyatsiya instansiyasi yozda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Saidaziz Saidaliyevga (“Saidaziz medgorodok”) nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Tovlamachilik ishi bo‘yicha sudlangan yana 13 nafar shaxsning shikoyati ham rad etildi.
Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi.
“Yo‘ldosh” mavzesi hududidagi yog‘och uylar buzilishi rejalashtirilgandi. Poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent Invest kompaniyasi mavzeda zamonaviy daraxtzor barpo etish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Yog‘och uylarda yashayotgan aholi “Yo‘ldosh” mavzesidan 1,5 km uzoqlikdagi “Gulshonobod” mahallasiga ko‘chiriladi.
Endilikda har oy mahallalardagi faol uch nafar nuroniyga 577,5 ming so‘m pul beriladi. Buning uchun ular oilalarni kambag‘allikdan chiqarishi, farzandlarini ta’lim olishga ko‘maklashishi va piyoda yurishni targ‘ib qilishi kerak. Keksalarni sportga jalb qilish uchun mahallalarga yiliga 10 mln so‘m ajratiladi.
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritdi. Shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklandi.
Hukumat “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat bilan avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda uzunligi 300 metr bo‘lgan osma ko‘prik qurilmoqda. U turistik maskanga tegishli bo‘lib, tez orada foydalanishga topshiriladi. Ko‘prik bitgach, undan bir vaqtning o‘zida 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va DXX xodimlari tomonidan ISHID terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar aniqlandi.
FVV qutqaruvchilari Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas`ni suvdan olib chiqdi. Haydovchi va ikki yo‘lovchining o‘zi suvdan chiqib olgan.
Namanganning Chust tumanida transformatorni qasddan uzib, 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi mas’ullari ushlandi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Toshkent halqa avtoyo‘lida qayrilib olayotgan vaqtida boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi.
Yangi yildan 3000 so‘m bo‘ladigan yo‘l haqi, O‘zbekistonda xavfli virus tarqalayotgani haqidagi xabarlarga raddiya, TIVning isroillik ravvin o‘limi yuzasidan hamdardligi, 2025-yilgacha kechiktirilayotgan Toshkentdagi hospis ochilishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Rossiyaning Novosibirsk va Moskva shaharlarida qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular ota-onasining ishonchnomasi asosida yaqin qarindoshlari bilan RFga borgan, ammo bu yuridik kuchga emas, deb tushuntirdi IHMA.
Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo hududida uch bosh Buxoro bug‘usi miltiq bilan otib o‘ldirilgani aniqlandi. Hayvonot dunyosiga 3,4 mlrd so‘m zarar hisoblanib, ovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda rekonstruksiya ishlari sabab Taras Shevchenko ko‘chasi bir oyga yopilishi tufayli ushbu ko‘chadan o‘tadigan 6 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. Transport vazirligi qatnov va oraliq vaqtlari me’yordan ortib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlarni rad etib, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olish jarayonini tabiiy holat, deya qabul qilish kerakligini ma’lum qildi.
So‘nggi bir necha o‘n yillikda O‘zbekistonda qishda sovuq kunlar soni ikki barobarga kamaygan. 2024-yil dekabri ham, prognozlarga ko‘ra, iliqroq o‘tadi. Ammo oy boshi sovuqroq bo‘lishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun dekabr ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi. Video.
Prezident qarori bilan 1-yanvardan madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga, 1-iyuldan yana 15 foizga oshiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting