Asialuxe Travel Dubay an’analariga sho‘ng‘ishni, shuningdek, dam olishning ekstremal turlarini — qumtepalar bo‘ylab sayohat, sendbording, tuyada sayr qilish va boshqalarni taklif qilmoqda.
Surxondaryoda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizning go‘yoki farzandi borligi ko‘rsatilgan videoni Instagram sahifasiga joylagan bloger jarimaga tortildi. Yigit va qiz esa ogohlantirildi.
Firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIOga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.
Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan “avariya”da skuter haydovchisi jarohatlandi. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.
Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini mas’ul shaxslarga yoki sudga qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish mumkin.
Toshkentda 1-yanvardan avtobus va metroda naqd to‘lov 3000 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Transport kartalari uchun avval joriy qilingan imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Shuningdek, avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
Trilliant yangi biznes markazi jahon darajasidagi biznes ofislari, mehmonxona, kongress markazi va zamonaviy savdo maydonchalarini taklif etadi.
Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chirish rejasi, pulli “parkovka"lar tashkil etish auksionini yutgan Balcomuz, Jizzaxdagi zavodda ishlab chiqarila boshlaydigan yangi elektromobil modellari, aholi uchun eng zarur 10 ta oziq-ovqat mahsuloti monitoringi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
BAA Ichki ishlar vazirligi isroillik ravvinni o‘ldirishda gumon qilinib, BAAda hibsga olingan uch nafar gumonlanuvchi O‘zbekiston fuqarolari ekanini ma’lum qildi. Ulardan ikkitasi 28 yoshda, uchinchisi 33 yoshda.
Prezident qarori bilan endilikda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi. Hujjatga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30−65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
Yakshanba kuni Kitob tumanida 26 yoshli erkak ruhiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida xotini va tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini pichoq bilan qasddan o‘ldirdi. U voqea ortidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi.
O‘zbekistonda 10 oy ichida oiladagi zo‘ravonlik uchun 15 mingdan ortiq odam ma’muriy javobgarlikka, 399 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Sho‘rchi tumanida 40 yoshli erkak pul ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tanishining pullarini o‘zlashtirish maqsadida uni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Fuqaro jabrlanuvchining murdasini hovlisidagi chuqurga ko‘mib qo‘ygan. Sud ayblanuvchini 19 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.
O‘zbekistonning katta qismida haftaning birinchi yarmi iliq o‘tadi, harorat kunduzi +15…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa nam havo kirib kelishi boshlanadi va juma kuni +10 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ish mumkin.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
O‘zbekistonda 2025-yildan BNEF Tier-1 ro‘yxatiga kirmagan korxonalardan quyosh panellari, invertorlar, akkumlyatorlar import qilish taqiqlanadi. Bu prezident farmonida ko‘zda tutilgan. “Gazeta.uz” soha ekspertlari bilan buning bozorga ta’siri, monopoliyalar va importni tartibga solish haqida suhbatlashdi.
O‘zbekiston hafta boshida Turkmaniston issig‘i va Qozog‘iston sovug‘i orasida qolib ketadi. Janubda harorat +24 gacha ko‘tariladi, vodiy esa tumanlar hisobiga kunduzi ham sovuq bo‘ladi. Hafta oxiri Kaspiydan yog‘ingarchilik kelib, butun mamlakatda harorat pasayadi. Shu hafta ko‘p joylarga ilk qor tushishi mumkin.
2024-yil 22 va 23-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i Yangi Nafas umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan keng ko‘lamli sport tadbiri — Talaba Yugur talabalar ommaviy yugurish musobaqasining yakuniy bosqichi markaziga aylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting