Jamiyat

“O‘zbekistonda kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi” — MHTI
22 noyabr 2024, 11:08

“O‘zbekistonda kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi” — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlillarga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan.

“T-Bank”: Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha qanday o‘tkazish mumkin
22 noyabr 2024, 11:00

“T-Bank”: Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha qanday o‘tkazish mumkin

Endi “T-Bank” bilan Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish mumkin.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
22 noyabr 2024, 10:56

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +10…+15, kechalari 0…−3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi
22 noyabr 2024, 10:52

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi

Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni yaxshilashga qaratilgan farmon imzolandi. Unga ko‘ra, yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi. 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Homiladorlar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Umra tadbirlarini o‘tkazish uchun litsenziya olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi
22 noyabr 2024, 09:38

Umra tadbirlarini o‘tkazish uchun litsenziya olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

Diniy qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya qo‘lga kiritgan 12 ta turfirma ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda bo‘lmagan firmalarning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

21-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
21 noyabr 2024, 23:43

21-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yangi hukumatda o‘rnini saqlab qolgan barcha vazirlar, ma’naviyat va iqtisodiyotni “o‘q tomirimiz” deb atagan prezident, fuqarolarni chalg‘ituvchi mahsulotlar reklamasidan ogohlantirgan Raqobat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Kubadagi ilk elchisi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasi ishga tushdi
21 noyabr 2024, 23:36

Toshkentda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasi ishga tushdi

IHMA Toshkentda Yandex Go bilan birgalikda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasini ishga tushirdi. Xizmat ilovada narx o‘zgarmagan holda maxsus funksiyalarni, masalan, nogironlar aravachasidagi foydalanuvchilarga yordam, nutqi va eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun chatni o‘z ichiga oladi.

Toshkentdagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlari 19 kunga yopiladi
21 noyabr 2024, 23:15

Toshkentdagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlari 19 kunga yopiladi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari boshlangani sababli Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlarida 22-noyabrdan 10-dekabrgacha harakat cheklanadi.

Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador qiz operatsiya vaqtida vafot etdi
21 noyabr 2024, 23:00

Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador qiz operatsiya vaqtida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida shifokorlar aybi bilan homilador qiz va uning homilasi halok bo‘lgani haqida video tarqaldi. SSV shifokorlar bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli operatsiya qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.

O‘zbekistonda payshanbani “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda
21 noyabr 2024, 22:07

O‘zbekistonda payshanbani “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda har payshanba kunini “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilindi. OTMlar va hokimliklarda yoshlar sport ligalari tashkil etish, sport klublari ochish rejalashtirilmoqda.

AQSh O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21 noyabr 2024, 14:48

AQSh O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi

AQSh O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish va karantini agentligiga 205 ming dollarlik laboratoriya jihozlarini topshirdi. Ular o‘simliklarning salomatligini tahlil qilish va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi
21 noyabr 2024, 13:13

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi

“Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz hisobi va to‘lovi uchun Hudud Gaz Ta’minot ilovasini taqdim etdi. Xizmat yordamida foydalanuvchilar gaz sarfini kuzatish, hisobni to‘ldirish va tabiiy va suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilova test rejimida ishlaydi.

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi
21 noyabr 2024, 11:16

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi.

Toshkent viloyatida 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
21 noyabr 2024, 11:11

Toshkent viloyatida 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi issiqxona egasi uch yil davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 14 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi.

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi
21 noyabr 2024, 01:06

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

Raqobat qo‘mitasi mamlakatdagi 878 ta dorixonada dori vositalarining narxi oshirilganini aniqladi. Joriy yilda 100 mingdan ortiq holatda xaridorlardan 7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ asossiz olingan.

20-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
20 noyabr 2024, 22:58

20-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qayta bosh vazir bo‘lgan Abdulla Aripov, yangi hukumatning kelgusi besh yillik vazifalari, Qurolli kuchlar salohiyati oshirilishini aytgan prezident, 2030-yilgacha YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi
20 noyabr 2024, 21:07

Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi

Sirdaryoning Yangiyer shahrida ishlab chiqarish sexi mas’ullari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi
20 noyabr 2024, 19:58

Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Uning jasadi 12-noyabrda Anhor kanalida erkak cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng, 4-GES yaqinidagi suvdan aniqlandi.

“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi
20 noyabr 2024, 15:49

“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi

Avtomobilga benzin, metan va propan quyish, elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushirildi. U orqali haydovchilar qayerda yoqilg‘i quyishni tanlashi, narxlarni solishtirishi, “zapravka”lardagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardor bo‘lishi mumkin.

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi
20 noyabr 2024, 15:14

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi

To‘raqo‘rg‘onda 22 yoshli qiz ikkinchi bor unashtiruvni bekor qilib, turmushga chiqishni rad qildi. Bundan g‘azablangan ota so‘roq qilish davomida qizini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Sud otani 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting