Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida ta’til vaqtida o‘qituvchilar va boshqa xodimlarni ishdan bo‘shatish tahdidi bilan maktab hududini begona o‘tlardan tozalashga majburlagan direktor 15 mln so‘m jarimaga tortildi.
Deputat Akmal Saidov taklifi bilan prezidentning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» kitobi uchun mobil ilova yaratishga 2,6 mlrd so‘m so‘raldi. Biroq loyiha Innovatsiyalar vazirligi hay’atida ko‘plab savollar tug‘dirdi va ikki marta moliyalashtirish rad etilib, g‘oya qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarildi.
DTM abituriyentlar uchun imtihonni 8 avgustdan boshlash taklifi loyihasi tegishli tashkilotga kiritilganini ma’lum qildi. Imtihonlar 10−13 kungacha davom etishi mumkin. Bu yil eng ko‘p abituriyent O‘zMU, Namangan, Urganch davlat universitetlari, Jizzax va Toshkentdagi pedagogika o‘quv yurtlarida o‘qish niyatida.
Mahkumlarga oid qonun loyihasi muhokamasi deputatlar va IIV vakillari o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘ldi. Hujjatda mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi uchta mezon qayd etilgan. Nurdinjon Ismoilov mezonlar juda qiyinligi, «bunga mos kelish uchun mahkum ideal bo‘lishi kerak"ligini ta’kidladi.
Muborak tumanida korxona rahbari va boshqalar tomonidan piyodalar va velosiped yo‘laklari qurish uchun ajratilgan 1,1 mlrd so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda.
Toshkent shahridagi 14-oilaviy poliklinika oldida Matiz haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, ikki piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida besh yoshli bola vafot etdi.
Twitter, «Vkontakte» va WeChat tarmoqlari blokdan chiqarildi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilari ushbu xabarga bildirgan fikrlarni bir materialga jamladi. Foydalanuvchilardan biri «1 avgustni Twitter ozod qilingan kun — umumxalq bayrami» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Toshkent viloyatida 16 yoshli bola ikki sherigi bilan o‘zining onasini qasddan o‘ldirib qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani va ular ayolning jasadini uyning yerto‘lasiga ko‘mib tashlagani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonning oltita viloyatida huquq-tartibot organlari ayrim shaxslar yonida qariyb 15 kg «opiy» hamda salkam 4 kg «gashish» moddasi borligini aniqladi. Ularning aksariyati moddalarni qo‘shni davlatlardan olib kirib, sotishni rejalashtirgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xorazmda fuqaroni 500 dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Andijondagi holatda esa fuqaro boshqa bir fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 9 mln so‘m olganlikda gumon qilinmoqda.
Volgograd viloyatidagi fermer xo‘jaligida ishlayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti ovqatdan zaharlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ular hozir shifoxonada, o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.
RTL Alliance xalqaro logistika kompaniyasi jahon logistikasidagi murakkab vaziyatga qaramay, turli mamlakatlardan xavfli yuklarni yetkazib berish muammosini muvaffaqiyatli hal qilmoqda.
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul xodimlari «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligi hududini uy-joy qurish uchun noqonuniy ravishda ajratib bergan. Ikki yil ichida moddiy madaniy meros obyekti butunlay vayron bo‘ldi, yetkazilgan zarar 80 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Blokdan chiqarilgan Twitter va boshqa tarmoqlar, Konstitutsiyani o‘zgartirish muhokamasi yakunlangani, ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadigan O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon, NKMKga $1,2 mlrdlik xalqaro kredit va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.
Tarmoqlarda Samarqandda erkaklar ikki ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Bunga ayollar boshqa bir ayol bilan janjallashib qolgani va erkaklarning mashinalariga shikast yetkazgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Videodagi bolakay esa ayolning farzandi emasligi ma’lum bo‘ldi. Tomonlarning fikri.
AKT vazirligi O‘zbekistonda o‘tgan yilning yozidan beri blokda bo‘lgan Twitter, «Vkontakte» tarmoqlari hamda WeChat messenjeridan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi. TikTok platformasiga kirish esa hozircha tiklanmadi.
2−5 avgust kunlari sakkizta viloyatning tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
O‘zbekistonda avgust oyida havo harorati iyulga qaraganda 1,5−2,5 daraja salqinroq bo‘ladi. Bu yilgi avgust nisbatan qulay harorat bilan boshlanadi va oy oxiriga qadar ustunlik qiladi. Biroq, juda issiq ob-havo kuzatilishi ehtimoldan holi emas, deb xabar qildi O‘zgidromet.
Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi, harorat +39 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting