Rossiyada 2020 yilning 9 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning aksariyatiga o‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarolari keltirib chiqargan 797 YTHda 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan. Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan avariyalarda eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar qurbon) qayd etilgan.
Instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha esa 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.
Navoiy viloyatida spirtli ichimlik ta’siridagi ikki fuqaro orasida janjal yuzaga keldi. Oqibatda ulardan biri, 45 yoshli erkak olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.
Toshkentdagi «Malika» bozorida ro‘y bergan janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bir kishi o‘rtacha og‘irlikda jarohat oldi. Huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan o‘zbek jurnalisti Abdukarim Mirzayevning Turkiyadan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Jurnalistning qachon qo‘yib yuborilishi vaqt bilan bog‘liq masala ekani aytildi.
Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh. M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan 9 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. To‘plangan dalillar asosida, sudning 21 dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Rossiya Federatsiyasidan jinoiy javogarlikka tortish va ijro etish uchun 56 nafar O‘zbekiston fuqarolari maxsus reys bilan qaytarildi.
Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha yuk mashinalari harakatini cheklash taklif etildi.
«O‘zbekiston pochtasi» AJning qo‘shimcha oddiy aksiyalarini chiqarish va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari orasida taqsimlash Prezident farmonida ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror minoritar ozchilik investorlarning mulk huquqlarini himoya qilish siyosati oqsoqlanishda davom etayotganligini ko‘rsatmoqda, deydi moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov
Senat tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qiluvchi qonunni ma’qulladi. Shu bilan birga, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jazo choralarini qo‘llash belgilanmoqda.
Senat raisi Tanzila Narbayeva har bir viloyatdagi xalq banki raisi yoki o‘rinbosarlaridan biri ayollar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Ushbu lavozimga tayinlanganlar ayollar tadbirkorligiga kredit ajratish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistonga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi oqibatida, haftaning ikkinchi yarmidan boshlab havo harorati ko‘tariladi. Hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Guljahon Yo‘ldosheva sudda bergan ko‘rsatuvlari davomida dastlabki tergov organi tomonidan ayblov asossiz qo‘yilganini ta’kidladi. Qolaversa, Farrux Rustamovning o‘limiga aloqasi yo‘qligini, shifoxonadan olib ketilayotganida uyda, farzandi betobligi bois uning oldida bo‘lganini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida o‘z joniga qasd qilib, suvga tashlagan 18 yoshli nabirasini qutqarmoqchi bo‘lgan erkak u bilan birga cho‘qib ketdi. Prokuratura bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Shirin shahrida 15 yoshli voyaga yetmagan qiz muntazam ravishda o‘gay onasi tomonidan kaltaklanib, ruhiy bosim ostida bo‘lganligi haqida videomurojaat orqali ma’lum qilgan. Hozirda shahar IIB tomonidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Ellikqal’a tumanida jiddiy oqibatlarga olib kelgan avariya yuz berdi. YHXB xabar berishicha, ikki kishi vafot etgan va ikki kishi jarohatlangan. «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib Avazxon Ergashev tayinlandi. U Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Komiljon Sobirov o‘rnini egalladi.
Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov prezidentga murojaatidan keyin tashkil etilgan Respublika idoralararo komissiyasining tekshiruvi natijasida lavozimiga qayta tiklandi.
Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 2021 yilda Toshkent hududining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tmasligini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurilishi Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joy muammolarini hal qilishga qaratiladi.
Turkiyada hibsga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayev hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting