Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi ularning o‘limiga «noma’lum etiologikdan zaharlanish» sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-sinf o‘quvchi qiz yashash hovlisidagi daraxtga osilgan holda topildi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Prezident farmoni bilan Bosh prokuratura akademiyasi negizida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Muassasada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat va magistratura o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
Qashqadaryoda 11 ta arxeologiya merosi obyektiga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qolaversa, V-VIII asrlarga oid obyektlarga 1 mlrd 488 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Holatlar bo‘yicha 37 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oyoqlari kombaynning yanchuvchi qismiga kirib ketgan 35 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura oxirgi 3 yilda 464 ta sport muassasasida davlat budjetidan ajratilgan 27 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganini qayd etdi. Shundan 10 mlrd so‘mi undirilib, 431 nafar shaxsning buzilgan huquqi tiklandi. Holatlar bo‘yicha 66 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qalbaki 8300 dollar muomalaga chiqarilishining oldi olindi.
Pskent prokurori yordamchisi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishiga erishishni va’da qilgan.
Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Navbahor tumanida erkak markaziy poliklinika binosining 3-qavatidan o‘zini tashlagani aytilmoqda. SSV uning ikki kun oldin kasalxonaga murojaat qilgani va 18 oktabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlab, vafot etgani ma’lum qildi. BP hodisaning sabablarini aniqlamoqda.
Quyi Chirchiqda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 3 kishi taksi haydovchisini 14 mln so‘m uchun bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular orasida maktab o‘quvchisi ham bor.
Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimi kaltaklangani aytilmoqda. SSV shifokorlarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib, holatni o‘z nazoratiga olganini qayd etdi. BP tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortig‘i ogohlantirildi. FVV, Madaniyat vazirligi va qator viloyat hokimliklarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlariga jazo choralari qo‘llanildi.
Ikki shaxs Ichki ishlar vazirligida ishlagan boshqarma tezkor xodimi bilan kelisholmay qolib, uni qasddan o‘ldirgani va jasadini daryoga oqizib yuborgani aytilmoqda. Tekshiruv natijasida uning jasadi Chirchiq daryosidan topildi. Gumonlanuvchilar hibsga olindi.
Yangiyo‘l tumani hokimligi fuqaroga «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun 2 gektar yer bergan. Boshqa fuqaro sheriklari bilan uning 1 gektarini $400 mingga sotib olishga kelishib, 30 ming dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan. Hozir holat bo‘ycha jinoyat ishi ochildi.
Bosh prokuratura Toshkent shahridagi 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetganini aniqladi. Tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan binoga havo sovutgich, soyabon va bannerlar o‘rnatib olgan. 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xorijdagi vatandoshlarni chet el davlatlar qurolli kuchlari safiga qo‘shilmaslik va jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirib, buning uchun jinoiy javobgarlikdan ogohlantirdi. Avvalroq Rossiyada Qurolli Kuchlarda xizmat qilgan xorijliklarga fuqarolik berish osonlashtirilgandi.
Poytaxtda daraxtlar nobud bo‘lishiga sharoit yaratib berganlikda ayblanib hibsga olingan Toshkent Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov ozod etildi, biroq jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida qolmoqda. Deputat Rasul Kusherbayev uning ozodlikka chiqishiga O‘zbekiston bosh prokurori hissa qo‘shganini aytdi.
Chilonzor tumanida 58 tup daraxtni kesib tashlab, tabiatga qariyb 800 mln so‘mlik zarar yetkazgani uchun Dream House Stroy kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Avvalroq, mazkur hodisa Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida, tungi vaqtda sodir etilgani haqida yozgandik.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting