Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda.
DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan iPhone 15 Pro Max telefonini olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda. Mansabdor so‘ralgan telefonni olib kelmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarodan 7 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, DXX prokuror, advokat hamda boshqalarni pora olganlikda gumonlab qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlari qo‘lga olindi. Ular bir holatda tekshiruv o‘tkazmaslik uchun 2300 dollar, yana birida foyda solig‘ini kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan paytda ushlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida jami 78 kg giyohvandlik vositalarini musodara qildi. Giyohvand moddalar Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingani aniqlandi. Video.
Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.
DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.
Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi.
Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarga yer maydonlarini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.
DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
DXXning Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida 19,7 kg sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi. Aniqlanishicha, Rossiya va Qozog‘istondan olib o‘tilgan moddalarni internet orqali sotish rejalashtirilgan.
DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).
DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.
Huquq-tartibot idoralari Andijonda tadbirkorga 42 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi loyihasini olib berishni va’da qilgan ikki shaxsni qo‘lga oldi.
Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting