«dxx» tegli maqolalar


Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
2 fevral 2024, 17:26

Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Sirdaryoda 46 sotix yerni 46,5 ming dollarga, Namanganda 36 sotix yerni 25 ming dollarga va Qashqadaryoda 25 sotix davlat zaxirasidagi yerni 300 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni ushladi.

O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri v.b. bilan uchrashdi
1 fevral 2024, 12:17

O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri v.b. bilan uchrashdi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Sirdaryo viloyatida “zapravka” 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
30 yanvar 2024, 14:23

Sirdaryo viloyatida “zapravka” 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Boyovut tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan MCHJ 41,6 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning ortidan davlatga 62,4 mlrd so‘mlik zarar yetgan. Muassasa mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkent viloyatidagi koloniya mahkumi yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib ushlandi
25 yanvar 2024, 10:30

Toshkent viloyatidagi koloniya mahkumi yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Ohangaron tumanidagi manzil koloniyasi mahkumi 28,5 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga sheriklikda gumonlangan ikki shaxs avvalroq 29 ming dollar olayotganida ushlangan. Ular qurilish kompaniyasiga Xorazmda 72,5 mlrd so‘mlik suv tarmog‘i tortish loyihasini tendersiz olib berishini aytgan.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi
12 yanvar 2024, 12:20

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi

DXX Shayxontohur tumanida “logistika bilan shug‘ullanuvchi” uyda narkolaboratoriya tashkil etgan ikki shaxsni ushladi. 26 kiloga yaqin mefedron, 400 kilodan ortiq kimyoviy moddalar hamda asbob-uskunalar rasmiylashtirib olindi. Narkotik moddalarning qora bozordagi qiymati 900 ming dollarga tengligi aytilmoqda.

Fuqarodan $10 ming olganlikda gumonlangan Investitsiyalar vazirligi xodimi ushlandi
5 yanvar 2024, 15:42

Fuqarodan $10 ming olganlikda gumonlangan Investitsiyalar vazirligi xodimi ushlandi

Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi fuqarodan 10 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza olib berish va uni Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. DXX bunday holatlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aniqladi.

Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda ushlandi
30 dekabr 2023, 10:32

Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda ushlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

O‘zbekistonning to‘rt hududida pora olish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
27 dekabr 2023, 11:52

O‘zbekistonning to‘rt hududida pora olish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida pora olishga gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilar ishga joylab qo‘yish, mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik uchun pora olayotganda ushlangan.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
26 dekabr 2023, 14:34

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Surxondaryo, Andijon va Toshkentda salkam 530 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
23 dekabr 2023, 12:42

Surxondaryo, Andijon va Toshkentda salkam 530 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

DXX Rossiya va Turkiyadan keltirilgan qalbaki 528 150 AQSh dollari miqdoridagi kupyuralarni muomalaga kiritishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi.

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi — DXX
15 dekabr 2023, 11:22

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi — DXX

DXX xodimlari va bojxonachilar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 27,5 kg “gashish” va salkam 4 kg “opiy”ning O‘zbekistonda sotilishiga chek qo‘ydi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 4,5 kg dan ortiq “Mefedron” aniqlanib, musodara qilindi.

DXX hududlarda fuqarolarni AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi
1 dekabr 2023, 11:27

DXX hududlarda fuqarolarni AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi

DXX Qo‘qon, Samarqand shaharlari va Pastdarg‘om tumanida AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda 25 ming dollar evaziga Meksika orqali Amerikaga yuborishni va’da qilgan shaxs puldan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyati boshlig‘i $50 ming pora olishda gumonlanmoqda
15 noyabr 2023, 12:02

“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyati boshlig‘i $50 ming pora olishda gumonlanmoqda

“Ko‘mir ta’minot” korxonasining Toshkent viloyati filiali boshlig‘i 50 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda. U fuqaroga ishga kirishda yordam berish uchun pul olayotganda ushlandi. Shuningdek, korxonaning Samarqanddagi omborlari mudirlari 2 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Toshkent viloyatida qalbaki 250 mln so‘m musodara qilindi
14 noyabr 2023, 11:30

Toshkent viloyatida qalbaki 250 mln so‘m musodara qilindi

DXX Bekobod tumanida 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar sotilishining oldini oldi.

Toshkent viloyatida kadastr palatasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda
12 noyabr 2023, 09:52

Toshkent viloyatida kadastr palatasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda

DXX huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 4 ta hududda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘ydi. Xususan, Davlat kadastrlari palatasining O‘rta Chirchiq tumani filiali xodimi 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi
7 noyabr 2023, 11:40

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi

DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko‘rsatma bergan prokuror o‘rinbosarini ushlaganini ma’lum qildi. Samarqandda esa prokuror yordamchisi ayblanuvchini qamoqdan chiqarish uchun 3 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi
26 oktabr 2023, 14:06

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

Andijonda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
19 oktabr 2023, 10:34

Andijonda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi
17 oktabr 2023, 10:39

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.

Andijonda yer maydonini jami 48 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11 oktabr 2023, 10:40

Andijonda yer maydonini jami 48 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Andijonda yer maydonlarini jami 48 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, Qoraqalpog‘istonda esa 85 mln so‘mga davlat yerini fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting