«dxx» tegli maqolalar


DXX 3 ta viloyatda qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi
24 sentabr 2023, 10:30

DXX 3 ta viloyatda qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi

DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi.

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda
21 sentabr 2023, 11:59

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.

Surxondaryoda 9,3 kg narkotik moddaning savdosiga chek qo‘yildi — DXX
16 sentabr 2023, 11:43

Surxondaryoda 9,3 kg narkotik moddaning savdosiga chek qo‘yildi — DXX

DXX Surxondaryo viloyatida 9,3 kg narkotik moddaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.

Qo‘qon pedagogika instituti dekani $4 ming olayotganda ushlangani aytilmoqda
23 avgust 2023, 14:15

Qo‘qon pedagogika instituti dekani $4 ming olayotganda ushlangani aytilmoqda

Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu kabi holat Xorazm viloyatida ham qayd etildi.

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
21 avgust 2023, 22:55

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi
13 avgust 2023, 10:16

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi

DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.

Samarqandda 8 kilogrammdan ortiq opiy giyohvandlik moddasi musodara qilindi
10 avgust 2023, 14:15

Samarqandda 8 kilogrammdan ortiq opiy giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Urgut tumanida DXX xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan Tojikistondan olib kelingan jami 8,3 kg opiy musodara qilindi.

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi
4 avgust 2023, 18:25

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi

DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.

DXX fuqarolarning pullarini o‘zlashtirishda gumonlangan IIB, Milliy gvardiya va soliq xodimlarini ushladi
30 iyul 2023, 13:43

DXX fuqarolarning pullarini o‘zlashtirishda gumonlangan IIB, Milliy gvardiya va soliq xodimlarini ushladi

Navoiyda fuqaroga $30 ming evaziga oltin qazib olish uchun sharoit yaratib bergan IIB inspektori, Namanganda $3 ming evaziga firmaning 383 mln so‘mlik solig‘ini bartaraf etmoqchi bo‘lgan soliq inspektori, Andijonda $5 ming evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi.

Andijon davlat tibbiyot instituti dekan o‘rinbosari 16 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi
24 iyul 2023, 09:46

Andijon davlat tibbiyot instituti dekan o‘rinbosari 16 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi

DXX tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti dekani o‘rinbosari 16 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida 10 gektar yerni olib berish evaziga fuqarodan 24 mln dollar talab qilgan Davlat xizmatlari markazi xodimi ushlandi
22 iyul 2023, 10:41

Toshkent viloyatida 10 gektar yerni olib berish evaziga fuqarodan 24 mln dollar talab qilgan Davlat xizmatlari markazi xodimi ushlandi

Zangiota tumanida Davlat xizmatlari markazi xodimi 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln AQSh dollariga sotib olib berishini aytib, fuqarodan pulning bir qismini olyotganda ushlandi. Bundan tashqari, O‘rta Chirchiq tumanida 4 gektar yerni 2,5 mln dollarga olib berishini aytgan shaxs ham qo‘lga olindi.

Toshkentda DUK xodimi tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi
1 iyul 2023, 14:16

Toshkentda DUK xodimi tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi

Poytaxtdagi qurilish korxonasi xodimi ko‘p qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

DXX 4 ta hududda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqladi
29 iyun 2023, 13:05

DXX 4 ta hududda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqladi

Farg‘onada maxsus maktab internat xodimi hamda o‘qituvchi, Toshkent shahrida talaba, Buxoroda esa universitet xodimi fuqarolardan o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olganlikda gumonlanib ushlandi. Sirdaryo viloyatida ham bir fuqaro 4500 dollar bilan xuddi shu jinoyat bo‘yicha qo‘lga olindi.

DXX qariyb 14 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
28 iyun 2023, 20:07

DXX qariyb 14 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan qariyb 14 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
19 iyun 2023, 10:32

Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi

DXX xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanida 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda fermer 620 gektarni $400 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib berishga uringani aytilmoqda
16 iyun 2023, 11:48

Qoraqalpog‘istonda fermer 620 gektarni $400 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib berishga uringani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

DXX fuqarolarni uchinchi davlat orqali AQSh va Kanadaga yuborish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi
15 iyun 2023, 11:02

DXX fuqarolarni uchinchi davlat orqali AQSh va Kanadaga yuborish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

DXX tomonidan Samarqandda ikki fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishi uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi
15 iyun 2023, 09:21

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.

Xorazmda yo‘l qurilish korxonasi xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi
14 iyun 2023, 10:40

Xorazmda yo‘l qurilish korxonasi xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi

DXX “Xorazm yo‘l qurilish” bo‘lim boshlig‘ini tadbirkordan 48 ming dollar olayotganda, Xivada esa Davlat kadastrlari palatasi xodimini yer sotib olgan fuqarodan 60 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.

Qashqadaryoda terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan erkak 6 yilga qamaldi
12 iyun 2023, 10:57

Qashqadaryoda terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan erkak 6 yilga qamaldi

2022-yilda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish va terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting