«toshkent» tegli maqolalar


Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
22 sentabr 2023, 20:20

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

5 ta kinopremera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, “Humo” xokkey klubi matchlari, MotorFest2023 avtofestivali, Geek Con Tashkent festivali, Anhor bog‘ida retro-kecha, plogging-yugurish, konsertlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar.

Toshkentdagi uchta tumanning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
18 sentabr 2023, 10:14

Toshkentdagi uchta tumanning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida 18 va 19-sentabr kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentdagi 51 xonali hashamatli uyni onlayn auksionda kim yutib oldi?
16 sentabr 2023, 08:42

Toshkentdagi 51 xonali hashamatli uyni onlayn auksionda kim yutib oldi?

Toshkentdagi 51 xonali, bog‘lar, hovuzlar va boshqa binolari bo‘lgan hashamatli uyni MOB Group onlayn auksionda 33,3 mlrd so‘mga sotib oldi. Fevralda Harbiy sud ijro varaqasi va MIB inspektori qarori asosida sotuvga qo‘yilgan uyga kim egalik qilganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
15 sentabr 2023, 20:56

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Sakkizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, Koreya madaniyati festivali, yarmarka va ko‘rgazmalar, “SAHNA” Stend Up club`dagi chiqishlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi
14 sentabr 2023, 17:41 1

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi

Toshkentda haydovchi Matiz mashinasida 12 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Qiz og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Sud erkakni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksionida 7 kunlik kompaniya g‘olib chiqdi
13 sentabr 2023, 19:48

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksionida 7 kunlik kompaniya g‘olib chiqdi

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi
13 sentabr 2023, 14:32

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi
12 sentabr 2023, 20:12

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanmoqda. “Maxsustrans” isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi
12 sentabr 2023, 17:48

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi

Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish muddati 2024-yil boshiga ko‘chirildi. Ilgari buni shu yilning iyul oyida boshlash rejalashtirilgandi.

Prezident Britaniyaning Cross Works kompaniyasiga tegishli Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi (+foto)
11 sentabr 2023, 16:55

Prezident Britaniyaning Cross Works kompaniyasiga tegishli Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Britaniyaning Cross Works kompaniyasi ishlab chiqqan Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi. “Ha, biz uni Yangi Toshkent deymiz, lekin ertaga u ham eski Toshkentni yangilashi kerak. Ular bir qon, bir arteriyaga aylanishi kerak”, — deydi qurilish direksiyasi rahbari Davronjon Odilov.

Biz yo‘qotayotgan bog‘. Mutaxassislar — Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari haqida
11 sentabr 2023, 10:56

Biz yo‘qotayotgan bog‘. Mutaxassislar — Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari haqida

O‘zbekiston poytaxti “bog‘-shahar” g‘oyasi ustiga qurilgan. Ammo qurilishlar, daraxtlarni kesish, ularni noto‘g‘ri parvarishlash va aholi salomatligi ko‘kalamzorlashtirishning o‘z yechimini kutayotgan tizimli muammolaridan dalolat bermoqda, deydi mutaxassislar. Aks holda, biz o‘zimiz yashayotgan bog‘ni yo‘qotamiz.

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
11 sentabr 2023, 10:24

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlarining ayrim qismlarida 11−12-sentabr kunlari gaz ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Ro‘yxat.

Toshkent yirik shaharlar havo ifloslanishi reytingida 4-o‘rinda qayd etildi
11 sentabr 2023, 09:41

Toshkent yirik shaharlar havo ifloslanishi reytingida 4-o‘rinda qayd etildi

Tonggi soat 8 da Toshkent IQAir`ning dunyoning yirik shaharlari bo‘yicha havo ifloslanish darajasi reytingida 4-o‘rinni egalladi. Poytaxt havosi ta’sirchan odamlar guruhi uchun bir muddat zararli bo‘lib qoldi.

“Yangi Toshkent loyihasini boshlamasak, Toshkentda besh yildan keyin odamlar yashay olmaydi” — prezident
10 sentabr 2023, 16:08

“Yangi Toshkent loyihasini boshlamasak, Toshkentda besh yildan keyin odamlar yashay olmaydi” — prezident

O‘zbekiston prezidenti “Yangi Toshkent” loyihasini boshlash muhimligini, aks holda besh yildan keyin “poytaxtda odamlar yashay olmasligini” aytdi.

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar 5 kunga issiq suvdan uziladi
9 sentabr 2023, 14:23

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar 5 kunga issiq suvdan uziladi

11−15-sentabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filiali faoliyati to‘liq to‘xtatiladi. Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sabab bo‘lgan. Bu vaqt oralig‘ida 8 ta tumandagi bir qancha hududlarda issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
8 sentabr 2023, 12:15

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus 2 yo‘nalishli yo‘lda ketayotganda harakatiga boshqa mashinalar xalaqit bergani ortidan beton ustunga urildi. 5 yo‘lovchi va haydovchi jarohat oldi. Yo‘lovchilar shifoxonaga yuborilgan. Elektrobusga texnik shikast yetdi.

Qizildan Mustaqillikkacha. O‘zbekistonning bosh maydoni fototarixi
2 sentabr 2023, 14:31

Qizildan Mustaqillikkacha. O‘zbekistonning bosh maydoni fototarixi

Toshkentdagi Mustaqillik maydoni 1866-yildan buyon muhim qarorlar qabul qilinadigan markaz hisoblanadi. Turli davrlarda bu yerda turar joy mavzesi, cherkov bo‘lgan, unda harbiy paradlar o‘tkazilgan. Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan “Gazeta.uz” mamlakatning bosh maydoni fototarixini tayyorladi.

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi
31 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi

O‘zbekistonda uy-joy narxining o‘sishi tezlashdi, deyiladi MB sharhida. Ikkilamchi uylar narxi yillik hisobda 27,2 foizga, yangi uylarniki 21 foizga oshdi. Talab asosan ipoteka kreditlari hisobiga ortmoqda. Toshkentda yer uchastkalari narxi sotixiga 282 mln, uy-joylar narxi kvadratiga 11,3 mln so‘mgacha yetdi.

Toshkentda Gosling, Steytem, Lamar va Navalniy nomidagi maktablar “paydo bo‘ldi”
25 avgust 2023, 17:37

Toshkentda Gosling, Steytem, Lamar va Navalniy nomidagi maktablar “paydo bo‘ldi”

Google xaritada Toshkentdagi qator maktablarning nomi mashhur shaxslar va internet-memlar: Gosling, Pitt, Steytem, Lamar, Jostar, Navalniy, ulug‘bekozavr va boshqalar sharafiga qayta nomlandi. Ta’lim boshqarmasi bunga raddiya berishiga to‘g‘ri keldi.

Toshkentda haydovchilar chorrahalardagi “tuzoq”lardan norozi
23 avgust 2023, 13:11

Toshkentda haydovchilar chorrahalardagi “tuzoq”lardan norozi

Poytaxtdagi haydovchilar chorrahalar oldiga noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalar tufayli yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgan vaziyatlarni “tuzoq” deb atamoqda. Rasmiylar vaziyatni o‘rganayotganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting